Bir qancha jinoyat sodir etish

Bir qancha jinoyat sodir etish

O'quvchilarga / Huquq
Bir qancha jinoyat sodir etish - rasmi

Material tavsifi

Reja: Bir qancha jinoyatlar tushunchasi va uning ahamiyati. Takroran jinoyat sodir etish tushunchasi Jinoyatlar majmui uchun javobgarlik tushunchasi va uning xususiyatlari Retsidiv jinoyat tushunchasi. Bir qancha jinoyatlar tushunchasi va uning ahamiyati. Jinoyat huquqi fanida bir qancha jinoyatlar sodir etish alohida mavzu sifatida o'rganiladi. Jinoyat qonunida bir qancha jinoyatlar tushunchasi berilmagan bo'lsa-da, lekin takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyat tushunchalarining nazariy yig'indisi bir qancha jinoyatlar tushunchasini beradi. Bir qancha jinoyatlar deganda, shaxsning sud hukmi asosida aniqlangan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni, ulardan birortasi uchun sudlangan yoki sudlanmaganligidan qat'i nazar sodir etishi tushuniladi. A.S.Yakubov va B.Matlyubovlar bir qancha jinoyat atamasi o'rniga takroran jinoyat sodir etish yoki jinoyatlarning takrorlanishi atamalarini qo'llash to'g'ri deb hisoblaydilar.[72] Ularning fikricha, bir qancha jinoyatlar atamasi juda ko'p sonli degan ma'noni anglatib, ushbu atama miqdor jihatidan jinoyatlar so'zi bilan birgalikda qo'llanilganda aniq bo'lmagan miqdordagi jinoyatlar sonini anglatadi. Ma'lumki, bu institutda jinoyatlarning miqdoriy jihatlari mavjud bo'lib, u yuridik ahamiyatga ega. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun jinoyat huquqiy ta'sir choralarini qo'llashda bir shaxs tomonidan kamida ikkita jinoyat sodir qilingan bo'lishi kerak. Jinoyat qonuni nuqtai nazaridan, keyingi jinoyatlar qanday miqdorda sodir etilganligidan qat'i nazar jinoiy faoliyat sifatida ifodalovchi ushbu hodisaning huquqiy tabiati o'zgarmaydi. Takroran jinoyat sodir etish tushunchasi esa, o'z navbatida bir harakatni uchinchi, to'rtinchi va hokazo marta sodir etilishini ham qamrab oladi. Ayrim mualliflar bir qancha jinoyat tushunchasini «bir kishi tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etish»[73] deb hisoblaydilar. Bu qoida nazarimizda bir qancha jinoyatlar tushunchasini to'la ifodalab bera olmaydi. Ushbu muammoni maxsus o'rgangan olimlardan V.I. Tkachenko «shaxsning oldindangi jinoyati uchun sudlangan yoki sudlanmaganligidan qat'i nazar, sud hukmi bilan aniqlangan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etishi, bir qancha jinoyatni sodir etish deb topiladi»[74] degan fikrni bildiradi. Fikrimizcha yuqoridagi olimlar ko'proq qilmishlarning miqdor ko'rsatkichiga e'tibor berishgan. Bu borada bir qancha jinoyatlar tushunchasini V.P. Malkov ancha keng talqin qiladi. Uning fikriga ko'ra, «bir qancha jinoyatlar deb shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilguncha, bir vaqtda yoki ketma-ket, ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etganligi yoxud oldindangi jinoyati uchun hukm etilganidan keyin yangitdan jinoyat sodir etishi va ikkita jinoyat o'rtasida jinoyat huquqiy muddatlar o'tib kyetmagan bo'lsa, shuningdek, jinoyat ishi qo'zg'atish uchun boshqa to'siqlar bo'lmasa, bir qancha jinoyat sodir etish deb topiladi»[75] K.A.Panko esa bu tushunchaga qo'shilgan holda ayrim aniqliklar kiritish lozim deb hisoblaydi. Chunki bu tushuncha Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddasida nazarda tutilgan bitta jinoyat hisoblanadigan bir qancha harakatlardan iborat bo'lgan qilmishlarni qamrab ololmaydi, deb hisoblab bir qancha jinoyatlar tushunchasini quyidagicha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.96 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.96 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga