Birinchi instansiya sudida jinoyat ishlarini ko'rilishida prokuror ishtiroki Reja: Birinchi instansiya sudida jinoyat ishlarini ko'rilishida prokuror ishtiroki Ayblovdan voz kechish - aybsizlik prezumptsiyasi bilan bevosita bog'liqdir. Prokuror tomonidan ayblovdan voz kechilganida, har qanday holda sudlanuvchini holati yaxshilanadi Birinchi instansiya sudida jinoyat ishlarini ko'rilishida prokuror ishtiroki Ayblanuvchini aybdorligi haqidagi ichki ishonchni bo'lishi 1-instansiya sudida o'zining funksional vazifasini bajarishga kirishadigan prokuror uchun juda ham zarurdir. Aniq protsessual holatlarda prokurorning ushbu aybdorlik masalasiga nisbatan ichki ishonchi o'zgarishi mumkin. Sud muhokamasi mobaynida dalillarni tekshirish jarayonida ayblanuvchchini aybdorligiga nisbatan prokurorning subyektiv munosabati o'zgarishi mumkin. Sudlanuvchini aybdorligiga kattiq ishonch o'rniga, ishonchsizlik, ikkilanish, hatto sudlanuvchini umuman aybsizligi haqida ishonch paydo bo'lishi mumkin. Bunday hollarda, prokuror o'zining dastlabki ayblovini o'zgartirishi yoki to'liq ayblovdan voz kechishi mumkin. Sudda ayblovni quvvatlash uchun kelayotgan prokuror o'zining ayblov nuqtai-nazarini o'zgarmas, qatiy bo'lishi lozim degan tushunchadan, yani, bundan o'zgacha bo'lishi mumkin emas degan bir yoqlama fikrga ega bo'lmasligi lozim. Sud muhokamasi mobaynida uning sudlanuvchini aybdorligiga nisbatan munosabati, dalillarni sudda tekshirib, o'rganib chiqish borasida o'zgarishi mumkinligi ehtimolini esdan chiqarmasligi kerak. Qolaversa, sudda yangi ochilgan holatlar bo'lishi mumkinligini, yangi dalillar sudga protsess ishtirokchilari tomonidan taqdim qilinishi mumkinligini va voqea holatlariga bu o'z-o'zidan ta'sir qilishi va dalilga baho berish o'zgacharoq tus olishi mumkinligini nazardan chetda qoldirmasligi lozim. Shunday holatda prokuror o'zining dastlabki ayblov nuqtai nazarini o'zgartirishi kerak. Umuman olganda prokuror hamma vaqt shunday o'zgarish yuz berishiga tayyor bo'lishi va sud tergovi natijalari bo'yicha ayblovni o'zgartirishi yoki ayblovdan voz kechishi mumkin. Ayblovdan voz kechish - aybsizlik prezumptsiyasi bilan bevosita bog'liqdir. Prokurorning ayblovdan voz kechishi ushbu prinsipning hamda odil sudlov prinsipining tantanasi hisoblanadi. Sudlanuvchini aybi sud muhokamasida o'z tasdig'ini topmasa, jazo tayinlash o'rniga, to'liq reabilitatsiya qilinishini qonuniy ta'minlanishi lozim. Shu aytilganlar, ayblovdan qisman voz kechish holatlariga ham taaluqlidir. Sudda o'z tasdig'ini topmagan ayblovning bir qismi prokuror tomonidan ayblovdan chiqarib tashlanishi va shu qismi bo'yicha suddan reabilitatsiyani talab qilinishi kerak. Ayblovdan voz kechishga asos bo'ladigan ikkita sabab bo'lishi mumkin: Birinchi sabab - sud tergovi shuni ko'rsatadiki, prokuror ayblovni tuzayotganda dalillarni baholashda chalkashlikka yo'l qo'ygan bo'ladi. Dalillarga noto'g'ri talqinda yondoshgan bo'ladi; Ikkinchi sabab - sud tergovi mobaynida yangi holatni ochilishi, dastlabki tergovda o'rganilmagan yangi dalillarni sudga taqdim qilinishi va ayblov bo'yicha faktlarni to'liq o'rganilmaganligi hisoblanadi. Prokuror tomonidan ayblovdan voz kechish sudlanuvchini oqlash lozimligini bildiradi, yani oqlov hukmi chiqarish kerakligini bildiradi. Sud tomonidan oqlov hukmini chiqarishga uch holatda yo'l qo'yiladi: jinoyat hodisasi sodir bo'lmaganligi aniqlansa; sudlanuvchini harakatlarida jinoyat tarkibi bo'lmasa; jinoyat sodir qilishda sudlanuvchini ishtiroki isbotlanmagan bo'lsa. Ayblovdan voz kechish prokurorni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:54 ]
Arxiv ichida: doc