Reja: Qonuniy kuchga kirgan sud hal qiluv qarori, ajrimlarini qayta tekshirish institutining vazifasi va mohiyati Kassatsiya instansiya sudining ajrimi Fuqarolik ishi sudda ko'rib hal etilgan manfaador shaxs, uning yakunidan hamisha qanoatlanavermaydi. Shu boisdan ishni ko'rilishidan va uning yakunidan norozi bo'lgan shaxslar, o'zlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishni davom ettirish maqsadida yuqori sudga shikoyat, boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi prokuror esa, protest keltirish huquqidan foydalanadilar. Demak, sudning tegishli masala bo'yicha chiqargan qarori ularning subyektiv huquqiga ta'sir ko'rsatganligidan dalolat beradi. Shu tufayli, undan keyin protsessni davomiyligi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorni ham birinchi instansiya sudining chiqargan aktiga nisbatan bo'ladigan munosabatiga bog'liq bo'ladi. Agar manfaatdor shaxslar sudning chiqargan hal qiluv qarori, ajrimlaridan qanoat hosil qilmasalar yuqorida bayon etilganidek, ish qayta ko'rilishi mumkin. Fuqarolik ishlarini qayta ko'rish institutlaridan biri bo'lib, kassatsiya tartibida ish ko'rish hisoblanadi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, ishlarni qayta ko'ruvchi sudlarning har biri qonunda belgilangan huquqlardan foydalanishi, bundan oldingi appelyatsiya bosqichida ish ko'rish bobida aytib o'tilgan edi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual qonunchiligi kassatsiya tartibida ish ko'rish institutidan 200 yil dekabrida qadar1 fuqarolik ishlarini sudda qayta ko'rishda ikkinchi instansiya sudi sifatida foydalanib kelingan va shu asosida qonuniy kuchga kirmagan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlariga shikoyat berish, prokuror esa, protest keltirish huquqidan foydalanilgan edi. Ayni vaqtda kassatsiya instansiya sudida apellyatsiya sudining ayrim elementlari bo'lib, u har ikki bosqich sudlarining vakolatlarini bajargan deyishlikka tegishli asoslar mavjud bo'lgan deb ta'kidlansa, xatolikka yo'l qo'yilmagan bo'ladi, degan fikr tug'iladi. Kassatsiya-fransuzcha-buzish ma'nosini anglatib, ko'rilgan fuqarolik ishlarini qayta ko'rish tushuniladi. Fuqarolik protsessual qonunchiligiga kiritilgan kassatsiya tartibida ish yuritish institutining maqsadi ishni qaytadan to'lig'icha, mazmunan ko'rmasdan faqat ishning shikoyat qilingan qismi bo'yicha moddiy va protsessual huquqiy me'yorlarining to'g'ri tadbiq etilganligini tekshiradi. FPKga yangi kiritilgan va 200 yil dekabridan amalda tadbiq etilayotgan kassatsiya instansiyasida ish ko'rish qator jihatlari bilan oldingi kassatsiya institutidan farqlanadi, jumladan kassatsiya shikoyatini berish, protest keltirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar va qaysi muddatda berilishi FPKning 348-moddasida ifodalangan. Unda ko'rsatilishicha, O'zbekiston Respublikasi barcha sudlarining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko'rilmagan hal qiluv qarorlari, ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qarori, ajrimi chiqqan kundan e'tiboran bir yil ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar tomonidan kassatsiya shikoyati berilishi va prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin. Demak, kassatsiya sudida birinchi instansiya sudi tomonidan ko'rib hal etilgan va apellyatsiya sudiga shikoyat (protest) berilmagan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaror va ajrimlar ko'rsatilishi nazarda tutiladi. Kassatsiya tartibida ishlarni ko'rish fuqarolik ishlari bo'yicha qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudida, fuqarolik ishlari bo'yicha viloyatlar va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.21 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.21 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:54 ]
Arxiv ichida: doc