Birjaning huquq va majburiyatlari Reja: Birjadagi brokerlik joyi tushunchasi Brokerlik firmasining birja savdosida ishtirok etishi, tovarga ariza berish va shartnoma tuzish jarayoni Listing tadbiri. Qimmatli qog'ozlar kotirovkasi 1. Birjadagi brokerlik joyi tushunchasi Birja savdosining o'ziga xosligi shundaki, u sotuvchi yoki xaridorlarning o'zi tomonidan emas, balki ularning vakillari - birja vositachilari tomonidan amalga oshiriladi. Birjaning ajralmas bir uzviy qismi deb brokerlik idorasini hisoblash mumkin. U birja strukturasiga kirmaydi. Biroq brokerlik firmalarisiz birja savdosini tashkil qilib bo'lmaydi. Brokerlik faoliyati birja vositachiligiga mansub bo'lib, birja bitimlarini mijoz nomidan va uning hisobidan, birja vositachisi nomidan va mijoz hisobidan, mijozning nomidan va birja vositachisi hisobidan amalga oshirishdan iborat. Brokerlik firmasi - bu xususiy, shirkat, aksiyadorlik yoki boshqa korxona bo'lib, uning asosiy funksiyasi birja va mijozlar (mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar, savdo vositachilari) o'rtasida aloqani ta'minlashdan iborat. Muayyan birjaning brokerlik firmasi birja aksiyalar (pay)ini sotib olish asosida tashkil etilishi mumkin. Aksiya egasi birjada o'z brokerlik firmasini tashkil qilish yoki birja savdolarida ishtirok etish huquqini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish va ijara to'lovi shaklida mos keluvchi daromad olish huquqiga ega. Yuqorida avtib o'tilganidek, birjada brokerlik firmasi sifatida ro'yxatga olinadigan tashkilot amaldagi qonunchilikka muvofiq istalgan tashkiliy-huquqiy shaklga ega bo'lishi mumkin. Brokerlik firmasini tashkil qilishning eng tarqalgan va qulay turi mas'uliyati cheklangan o'rtoqchilik (MCHO') hisoblanadi. Brokerlik firmasi mustaqil yuridik maqomga ega bo'lmasdan, biror-bir korxona yoki tashkilotning tarkibiy qismi bo'lishi ham mumkin. Agar birja aksiyalarining egasi vositachilik tashkiloti hisoblansa, u mazkur birjaning brokerlik firmasi sifatida ro'yxatga olinadi, xolos. Vositachilik firmasi birja uchun aksiyador hisoblanmagan hollarda esa u o'zining brokerlik firmasini tashkil qiladi. Brokerlik firmasi mijozlarning birja tovarlarini sotish va sotib olishga arizalarini to'playdi, ularni ro'yxatga oladi va tezkorlik bilan birjadagi brokerlarga yetkazadi. Brokerlar olingan topshiriqlarni bajaradi va bu haqida xabar brokerdan kompaniyaga va undan mijozga yetkaziladi. Brokerlik firmalari butun mamlakat bo'ylab joylashishi mumkin va bu mijozlarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunday firmalar chet elliklar tomonidan ham tashkil qilinishi mumkin. Brokerlik firmasi ta'sischilari va personali ular faoliyatida ishtirok etishni mo'ljallayotgan muayyan birjaning huquq va majburiyatlarini, qonunchilik me'yorlarini bilishi zarur (nizom, brokerlik firmalari faoliyati haqidagi qoidalar, Birja qo'mitasining qarorlari, shuningdek, birja savdosi qoidalari va b.). Birjaning buyruq beruvchi va ijrochi boshqaruv organlari birja savdosi qoidalari, talablar va boshqa birja me'yoriy hujjatlarini yaratuvchi hamda qonunchilik asosida faoliyat ko'rsatayotgan brokerlar va brokerlik firmalari faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas. Brokerlik firmasini birjada ro'yxatga olishda ro'yxatga olish xiz mati tomonidan unga birja bilan aloqa qilish uchun tijorat kodi va raqam beriladi. Brokerlik firmasini ro'yxatga olish uchun quyidagilarni taqdim ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.03 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.03 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:55 ]
Arxiv ichida: doc