BITIM TUSHUNCHASI VA TURLARI REJA : 1. BITIMLARNING TUSHUNCHASI VA TURLARI 2. BITIMLARNING MUDDATLARI SHARTLI BITIMLAR BITIM SHAKLLARI BIRJA BITIMLARI BITIMLARNING HAQIQIY SANALISH SHARTLARI BITIM NIMA? Bitimlar deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi. Bitim fuqarolik huquqining asosiy institutlaridan hisoblanadi. BITIM INSTITUTI- bitimlarni tuzish tartibi va shakllarini, ularning turlari va mazmunini, haqiqiy emas deb hisoblash shartlarini, ularning haqiqiy emasligini tan olishining huquqiy oqibatlarini belgilab beruvchi fuqarolik huquqiy normalari yig'indisdan iborat Bitim shaxslarning erki bilan tuziladi. Bitimlarning mazmunini quyidagi belgilar tashkil qiladi: Bitim- erk-irodani ifodalovchi hujjat; Haqiqiy harakat natijasida vujudga keladi; Bitim fuqarolik-huquqiy munosabatni vujudga keltirish, o'zgartirish va bekor qilishga maxsus yo'naltirilgan bo'ladi; Bitim fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinuvchi huquqiy munosabatni vujudga keltiradi. -A Bitimlar uhun quyidagi shartlar bo'lishi muhimdir: Bitim tuzuvchi shaxs fuqarolik huquqining subyekti hisoblanishi; muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bu bitimni tuzish erki bo'lishi va bu erk ma'lum huquqiy oqibatlar tug'dirishga qaratilgan bo'lishi; shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda o'zining tashqi ifodasini topishi lozimligi, ya'ni ma'lum shaklda izhor qilingan bo'lishi kerak. Bitim o'zlarining belgilari bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi: Bir, ikki va ko'p taraflama bitimlar; Haq baravariga va tekinga tuziladigan bitimlar; Konsessual va real bitimlar; Kazual va Abstrakt bitimlar; Fidustiar bitimlar; Bir, ikki va ko'p tomonlama bitimlar: FKning 102-moddasida belgilangan bo'lib, unda bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko'p taraflama (shartnomalar) bo'lishi mumkinligi, bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli bo'lsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanishi, shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud undan ko'p taraf (ko'p taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan bo'lishi kerakligi belgilangan. Har qanday shartnoma bitim hisoblansa ham, har qanday bitim shartnoma bo'la olmaydi. Aksariyat bitimlar shartnoma hisoblanishi mumkin. Shu sababli shartnomaga aksariyat hollarda bitim qoidalari qo'llaniladi. Haq baravariga va tekinga tuziladigan bitimlar: Haq baravariga tuziladigan bitimlar bo'yicha tomonlardan har biri qarshi tomon foydasiga muayyan bir mulkni topshirish, pul to'lash, ishni bajarish, biror bir xizmat ko'rsatish singari harakatlarni qilish majburiyatini oladi. Tekin, ya'ni haq to'lanmay tuziladigan bitimlar asosida tomonlardan birigina ikkinchi tomon foydasiga biror-bir harakat qilish majburiyatini oladi. Bu yerda qarshi (muqobil) ijro yo'q. Masalan, hadya, foizsiz qarz, mulkdan tekin foydalanish (ssuda) to'g'risidagi shartnomalarni ko'rsatish mumkin. Konsessual va Real bitimlar Konsensual bitim deb, huquq va majburiyatlarni o'zaro kelishish va bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytda vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, pu- drat, kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi. Real ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
10.52 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:55
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
10.52 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:55 ]
Arxiv ichida: pptx