Bitimlar Bitimlar tushunchasi va turlari Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o'zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlarga aytiladi (FK, 101-modda). Har qanday bitim shaxslarning erki-irodasi bilan bog'liq bo'lib, muayyan huquqiy oqibat tug'dirishga qaratiladi. Bitimda fuqaro va tashkilotlarning ma'lum moddiy hamda madaniy ehtiyoj-larini qondirishga qaratilgan erklari ifodalanadi. Bitim shaxslarning erki bilan bog'liq bo'lgan, ularning iroda-sidan kelib chiqadigan harakat bo'lganligi tufayli bitimda ifo-dalangan erk izhor qilinishi, ya'ni boshqa shaxslarga bildirilishi lozim. Bitim tuzish natijasida muayyan huquqiy oqibat tug'dirish uchun bitim tuzuvchi shaxslar bitimda o'z erklarini ifodalashdan tashqari muayyan harakatni qilishlari lozim bo'ladi. Bu harakat shart qilingan ishni bajarishga, ma'lum mulkni topshirishga yoki ma'lum pulni to'lashga qaratilgan bo'lishi mumkin. Bitim shakllari Bitim tuzishda erkni ifodalash usuliga bitim shakli deb aytiladi. Bitimlar og'zaki va yozma (oddiy yoki notarial tasdiq-langan) shaklda tuziladi (FK, 105-modda, 1-band). FKning 106-moddasiga binoan qonun hujjatlarida yoki taraf-larning kelishuvida yozma tasdiqlangan shakl belgilab qo'yilmagan, jumladan, u tuzilayotgan vaqtning o'zidayoq bajariladigan bitim og'zaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga bo'lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi. Jeton, patta yoki odatda, qabul qilingan boshqa belgi berish bilan tasdiqlangan bitim, agar qonun hujjatlarida boshqacha tar-tib belgilangan bo'lmasa, og'zaki shaklda tuzilgan bitim hisob-lanadi. Yozma shaklda tuzilgan shartnoma bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo'lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og'zaki tuzilishi mumkin. Bitimning haqiqiy sanalish shartlari Bitimlar haqiqiy sanalishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi: birinchidan, bitimlarning mazmuni qonunga va qonun asosida chiqarilgan aktlarga, umuminsoniy qoidalarga muvofiq bo'lishi; ikkinchidan, bitimlarni tuzuvchi shaxslar muomala layoqatiga ega bo'lishlari; uchinchidan, bitimlar ko'rinish uchungina tuzilmay, balki chindan ham yuridik oqibat tug'dirish maqsadida tuzilgan bo'lishi; to'rtinchidan, notarial guvohlantirishi yoki davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim bo'lgan bitimlar haqiqiy sanalmasligi xavfi ostida qonun bilan talab qilingan shaklda rasmiylashtirilishi kerak. Shuningdek, xo'jalik shartnomalarini xo'jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmati (yoki advokati)ning imzosisiz tuzishga yo'l qo'yilmaydi. Ayni vaqtda, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnoma-lari yuridik xizmati (yoki advokati)ning yozma xulosasidan keyin-gina tuziladi[95]. Yuqorida ko'rsatilgan talablarga rioya qilinmay tuzilgan bi-timlar tuzilgan paytdan e'tiboran o'z o'zidan haqiqiy sanalmaydi. Bunday bitimlar mutlaq haqiqiy sanalmaydigan bitimlar deb atalib, hech qanday huquq va majburiyatlarni vujudga keltirmaydi. O'z-o'zidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va ularning huquqiy oqibatlari Qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaydigan mazmun-dagi bitim, shuningdek huquq-tartibot yoxud axloq yoki axloq asos-lariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim, FKning 116-modda-sida ko'rsatilganidek, o'z-o'zidan haqiqiy emasdir. Bu moddada ko'rsatilgan qonun so'zi keng ma'noda qo'llaniladi. Bu modda fa-qat O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
888.26 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:55
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
888.26 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:55 ]
Arxiv ichida: ppt