Bojxona ekspertizasi uning mohiyati va o'tkazish tartibi

Bojxona ekspertizasi uning mohiyati va o'tkazish tartibi

O'quvchilarga / Huquq
Bojxona ekspertizasi uning mohiyati va o'tkazish tartibi - rasmi

Material tavsifi

Bojxona ekspertizasi uning mohiyati va o'tkazish tartibi Reja: 1. Bjxona ekspertizasi tushunchasi. 2. Bojxona ekspertizasini o'tkazish maqsadai va vazifalari. 3. Bojxona ekspertizasini o'tkazish tartibi. 4. Bojxona ekspertizasida ekspert xulosasining o'rni 5. Bojxona ekspertlarining huquq va majburiyatlari. Ushbu yuriknoma O'zbekiston Respublikasi «Davlat bojxona xizmati to'g'risida»gi qonunning 5-moddasi, Bojxona kodeksining 79, 181, 182-moddalari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 30 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo'mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risida»gi 374-sonli karori asosida ishlab chiqilgan bo'lib, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, shuningdek, bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari yuzasidan rasmiylashtirilgan ishlarni yuritish yoki yuritilish vakolati qonunbuzarliklar bo'yicha surishtiruv ishlarini o'tkazish jarayonida Uzbukiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan bojxona labaratoriyalarida ekspertiza tayinlash, o'tkazish, xulosa berish qoidalarini belgilab beradi. Bojxona ekspertizasida kullanilgan terminlar va qisqartmalar: BKB-bojxona qoidalarini buzilishi. TIF TN- tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi. Laboratoriya - Markaziy bojxona laboratoriyasi. Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash laboratoriyasi, hududiy bojxona laboratoriyalari. Materiallar - hujjatlar, ekspertiza uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlar, namuna va sinamalar. hududiy bojxona boshqarmalaridan tovarlar va ashyoviy dalillarni ekspertizadan o'tkazish uchun namuna (sinama)lar olish, ularni O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi, hududiy bojxona laboratoriyalari va Oliy harbiy bojxona instituti Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash laboratoriyasida (bundan keyin matn davomida - Laboratoriyaga yuborish), O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonodan 2003 yil 29 avgustda 1269-rakam bilan ruyxatga olingan «O'zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib utilayotgan tovarlarning namuna va sinamalarini bojxona organlari tizimida tasarruf qilish tartibi to'g'risida»gi yuriknoma asosida amalga oshiriladi. Bojxona nazoratiga olinishi lozim bo'lgan barcha tovarlar va tovar hujjatlari hamda bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlar bojxona ekspertizasi obyektlari bo'lishi mumkin. Bojxona ekspertizasi quyidagi maqsadlarda o'tkaziladi: tovarning TIF TN bo'yicha kod rakami to'g'ri tasniflanganligini nazorat qilish; tovarni qayta ishlangandan sung uni (tasdiklangan uslub asosida) identifikatsiya qilish; tovarning navi, turi, markasi, va asosiy sifat ko'rsatkichlarini tegishli organlar tomonidan berilgan rasmiy hujjatlar asosida nazorat qilish; tovarni ishlab chiqarish texnologiyasini o'rganish; tovarning takdim etilgan hujjatlar asosida kimyoviy tarkibi va zaharli moddalarga tegishli ekanligini o'rganish. yuqorida qo'yilgan masalalarni xal qilishda Laboratoriyada bojxona ekspertizasining quyidagi turlari o'tkaziladi: tovarlarning TIF TN bo'yicha tasniflanishi; tovarshunoslik; materialshunoslik; identifikatsion (shartnoma tuzishdan oldin tasdiklangan va shartnomada kuratilgan uslub asosida): kimyoviy va boshqalar. Bojxona ekspertizalari: tovarlarning bojxona nazoratini amalga oshirish jarayonida Laboratoriyada; BKB holatlari yuzasidan rasmiylashtirilgan ishlarni yuritish bo'yicha yuzaga kelgan bahs-munozarali xollarni yechishda, O'zbekiston Respublikasining bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarining karorlariga asosan, shuningdek O'zbekiston Respublikasining bojxona yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarida hududiy bojxona laboratoriyasi eksperti bergan xulosaga shubxa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.92 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.92 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga