Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

O'quvchilarga / Huquq
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik - rasmi

Material tavsifi

Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Reja: 1. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar javobgarligi. 2. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun beriladigan jazo turlari. Prezidentimiz I.A.Karimovning «O'zbekiston XXI asrga intilmokda» asarida belgilab berilgan 5 ustuvor yo'nalish - tarakkiet strategiyasidan bojxona organlari uchun xam bir kator muhim va murakkab vazifalar kelib chikadi. Xususan, mamlakatimiz bojxona chegaralari daxlsizligini ta'minlash, yurtimizgi notinchlik soluvchi qurol-yarog, giexvand moddalar, kolversa garaz niyatli kimsalar va buzg'unchi g'oyalar yo'liga, diniy akidaparastlik va ekstermizm yo'liga katiy tusiklar kuyish - bojxona xodimlarining eng mas'uliyatli vazifasi, Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasini tashkil etish to'g'risidagi Prezident Farmonida (1997 yil 8 iyul) va Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 30 iyuldagi 374-sonli karorida belgilangan: - kontrabandaga, bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish; - Respublikaning bojxona chegarasi orqali giexvandlik moddalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog, valyuta boyliklari, milliy boylik hisoblangan badiiy, madaniy-tarixiy va arxeologik meros buyumlari, intellektual mulk obyektlari gayriqonuniy olib utilishining oldini olish kabi asosiy vazifalarni sharaf bilan bajarish uchun xodimlarimiz kontrabanda jinoyati va uning tarkibini, kontrabanda buyumlari va ularni aniqlash yul-yuriklarini mukammal bilishlari, xalqaro huquq va milliy qonunchilikning talab va me'yorlaridan tulik xabardor bo'lishlari lozim. Kontrabandaga, bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzishlarga va O'zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib utiladigan tovarlarga tegishli soliklar va boshqa majburiy boj to'lovlarini tulashdan bosh tortishga qarshi kurash funksiyasi O'zbekiston Respublikasi bojxona organlarining asosiy funksiyalaridan biri ekanligi qonun bilan mustahkamlangan. yuqorida aytib utilgan funksiya bilan qonun hujjatlari tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari sirasiga kiritilgan bojxona organlarining mavkei xam belgilab berilgan, bu, shubxasiz, o'z funksional vazifalarini xal etishda bojxona organlarining huquqini kengaytiradi. Bojxona organlari bojxona bilan bog'liq huquqbuzarliklarga qarshi kurash vazifasini xal etib, bojxona xakdagi qonun hujjatlari buzilishiga barxam berish maqsadida huquqiy majburlash, sanksiya usullarini kullaydilar. Bojxona bilan bog'liq huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlikka tortish sohasida O'zbekiston Respublikasi bojxona organlarining huquqni qo'llash amalieti O'zbekiston Respublikasi bojxona kodeksining IX va X bo'limlari qoidalari bilan qonuniy tartibga solinadi. Ushbu qoidalar asosida bojxona haqidagi qonunlar buzilganligi uchun ta'sir ko'rsatish choralariga tegishli masalalar bo'yicha normativ baza shakllanadi. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishi tushunchasi. Bojxona kodeksida bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishi tushunchasiga keng izox berilgan. U 129-moddada keltirilgan. Ushbu moddaga muvofik Bojxona kodeksida va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan bojxona qoidalariga aybli gayrihuquqiy rioya etmaslik bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishi deb hisoblanadi. Aytib utilgan moddaga binoan bojxona qonunlarining buzilishi - Bojxona kodeksi, «Boj ta'rifi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni, O'zbekiston Respublikasining bojxona ishi to'g'risidagi boshqa qonun hujjatlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.13 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.13 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga