Bojxona organlarida surishtiruvni tashkil etish

Bojxona organlarida surishtiruvni tashkil etish

O'quvchilarga / Huquq
Bojxona organlarida surishtiruvni tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Bojxona organlarida surishtiruvni tashkil etish Reja: 1. Surishtiruv jaraenida qo'llaniladigan asosiy tushunchalar. 2. Surishtiruv organlarining turlari. 3. Surishtiruv organlarining majburiyatlarini bajarish bo'yicha faoliyat yo'nalishlari. 4. Jinoyat ishini kuzgatish sabablari va asoslari. Jinoyat obyekti - bu jinoyat qonuni bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlardir. Jinoyatning quyidagi ko'rinishdagi obyektlari mavjud: 1. Jinoyatning umumiy obyekti deb, jinoyat qonuni bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlar yig'indisiga aytiladi. Masalan: shaxs, uni huquq va erkinliklari; jamiyat va davlat manfaatlari; mulk; tabiiy muhit; tinchlik; insoniyat xavfsizligi. Jinoyatni umumiy obyekti erdamida jinoyat huquqining ijtimoiy siyosiy mazmuni, jinoiy tajovuzkorlikning ijtimoiy xavflilik xususiyati belgilab beriladi. Umumiy obyekt jinoyat va boshqa huquqbuzarliklar o'rtasidagi tafovutni belgilab olish imkonini beradi. 2. Turdosh obyekt jinoyat qonunini jinoyatlarning muayyan ko'rinishlaridan muhofaza etadigan, mohiyatiga ko'ra, bir toifadagi ijtimoiy munosabatlar guruhidan iborat. Ayni u eki bu guruhga oid ijtimoiy munosabatlarning muhimligi jinoyat kodeksining maxsus kismida jinoyatlarning ayrim guruhini izchil joylanishini aniklab beradi. 3. Bevosita obyekt muayyan jinoyat turidan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabat bo'lib, ayni uning o'zi jinoyatga baho berishda belgilab olinishi lozim. ko'p obyektli jinoyatlarda bevosita obyekt doirasida asosiy, qo'shimcha va fakultativ obyektlarni ajratadilar. Mazkur tasnif tajovuzning muayyan turidan himoya qilish uchun qo'yilgan ijtimoiy munosabatlarning kiesiy ahamiyatiga asoslanadi. Asosiy bevosita obyekt - bu qonun chikaruvchining muayyan huquqiy normani tuzishda, eng avvalo, jinoyat qonuni muhofaza qilishga intilishga kuyadigan ijtimoiy munosabatdir. Ayni asosiy bevosita obyekt jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyatini, uning maxsus kism tizimidagi o'rnini aniklaydi va turdosh obyektning tarkibiy kismi hisoblanadi. qo'shimcha bevosita obyekt asosiy bevosita obyektga tajovuz etilganida mukarrar zarar etadigan ijtimoiy munosabatdir. Mazkur obyekt jinoyat tarkibining mukarrar alomati bo'lib, u kilmishga baho berishga ta'sir etadi. Fakultativ bevosita obyekt muayyan jinoyat tarkibining zaruriy alomati bo'lmagan lekin mavjud jinoyatning sodir etilishida xavf ostida koladigan ijtimoiy munosabatdir. Jinoyatning obyektiv tomoni deyilganida shaxsning ongli xatti-harakati va irodaviy xulk-atvori tushuniladi. Jinoyatning obyektiv tomoni quyidagi belgilarni o'z ichiga oladi: Kilmish (harakat eki harakatsizlik); Jinoiy oqibat; Kilmish va jinoiy oqibatlar o'rtasidagi sababiy bog'lanish; Jinoyatning sodir etilish vaqti; Jinoyatning sodir etilish joyi; Jinoyatning sodir etilish vaziyati; Jinoyatning sodir etilish usuli; Jinoyatning sodir etilish quroli; Jinoyatning sodir etilish vositasi. harakat deb, shaxsning ijtimoiy xavfli, irodaviy faol xulk-atvori tushuniladi. harakatsizlik - ijtimoiy xavfli, faol bo'lmagan shaxsning me'yoriy hujjatlarda bajarish uchun ko'rsatilgan muayyan harakatlarni bajarmaganligidan iborat xulk-atvordir. Jinoiy oqibat - bu jinoiy-huquqiy muhofaza etiladigan, ijtimoiy munosabat obyektlari elementlariga ijtimoiy xavfli kilmish natijasidagi etkazilgan zarardir. Ijtimoiy xavfli xatti-harakat sodir etgan shaxsning kilmishi harakati va harakatsizligi bilan jinoyat natijasida etkazilgan jinoiy oqibat o'rtasidagi bog'liqlik, sababiy bog'lanish deb tushuniladi. Jinoyatning sodir etilish vaqti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.32 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.32 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga