Bojxona statistikasi va uning asosiy vazifasi Reja : 1. Bojxona statistikasining asosiy vazifalari va o'rganish obyektlari 2. Tashqi savdo bojxona statistikasi ko'rsatkichlari. 3. Tashqi savdo bojxona statistikasida tovarlar yetkazib berishning tijorat shartlari. Bojxona statistikasi tashqi savdoda, shuningdek bojxona to'lovlarini hisobga olish va tahlil qilish, kontrabandaga qarshi kurash va bojxona qoidalari buzilishi, nosavdo oboroti va hoka'zolarbilan bog'liq maxsus sohalarda yuz berayotgan hodisalarda yuz berayotgan hodisalar va jarayonlarning miqdor jihatini o'rganadi. Davlat statistikasidan farq qilgan holda bojxona statistikasida barcha dastlabki axborot eng quyi darajadan eng yuqori darajagacha beriladi, biroq unda ko'rsatkichlar jami ancha kam. Quyidagilar bojxona statistikasining asosiy vazifasi hisoblanadi: Mamlakat eksport va importi to'g'risidagi ma'lumotlarning to'liq va ishonchli hisobga olinishini ta'minlash; Tashqi savdo rivojlanishi tamoyili, eksport va import tuzilmasini, tovar oqimlari harakatini makroiqtisodiy vaziyat tahlili bilan birgalikda tahlil qilish; Davlat hokimiyati oliy organlari tomonidan bojxona siyosati hamda tashqi savdoni davlat tomonidan boshqarish sohasida qarorlar qabul qilinishida ularni axborot bilan ta'minlash; Respublika bozori konyunkturasi tahlili; Davlat byudjetiga boj to'lvlari tushumi ustidan nazorat qilish; Bojxona organlari vakolatlari doirasida valyuta nazoratini amalga oshirish; Savdo va to'lov balanslarining ayrim moddalarini tuzish uchun ma'lumotlarni yig'ish va ularni qayta ishlash; MDH mamlakatlari o'rtasida tashqi savdo bojxona statistikasi bo'yicha axborotni uzoqroq ayirboshlashni taminrlash; Davlat bojxona siyosatidan kelib chiquvchi boshlqa vazifalar. Bojxona statistikasi tashqi savdo bojxona statistikasiga va maxsus bojxona statistikasiga bo'linadi. Mamlakatning tashqi savdo oboroti, yani tovarlar eksporti va importi ularning miqdor va qiymat ifodasida, shuningdek eksport va importning jo'g'rofiy yo'nalishi («tovart - mamlakat», «mamlakat - tovar») tashqi savdo bojxona statistikasining kuzatishi va o'rganishi mavzusi hisoblanadi. Tashqi savdo bojxona statistikasida eksport deganda olib kirilishi majburiy bo'lmagan mamlakatda ishlab chiqarilgan, etishtirilgan yoki qazib olingan tovartlarning mamlakatdan olib chiqilishi tushuniladi. Bunda mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar sirasiga, shuningdek mamlakatga olib kelinadigan hamda ularning asosiy sifat va texnik tavsiflarini o'zgartiruvchi ishlov beriladigan chet elda ishlab chiqarilgan tovarlar ham tegishli bo'ladi. Tovarlar eksporti moddiy boyliklarning milliy zaxiralarini kamaytiradi (eksport tovarlarni sotishdan olingan tushum - to'lov balansining kirim qismi). Import deganda mamlakatga tovarlarolib kirilishi tushuniladi. Importga mamlakatning ichida istemol qilishga, qayta eksport qilishga mo'ljallangan tovarlar va mamlakat tashkilotlari uchun chet elda xarid qilingan tovarlar kiritiladi. Tovarlar importi moddiy boyliklarning milliy zaxiralarini ko'paytiradi. Mamlakatning bojxona chegarasi orqali olib o'tishda tovarlarga deklaratsiya to'ldirishda O'zbekiston Respublikasida foydalaniladigan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) da keltirilgan eksport va import tovarlar tashqi savdo bojxona statistikasida kuzatishning bevosita obyektlari hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 7 - moddasiga muvofiq tovarlar deganda har qanday ko'char mol - mulk, shu jumladan valyuta ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.1 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.1 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:55 ]
Arxiv ichida: doc