Bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish

Bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish

O'quvchilarga / Huquq
Bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish - rasmi

Material tavsifi

Bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish Reja: Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini va tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlash Byudjet intizomini buzish Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish Rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o'tkazish qoidalarini buzish Bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish (O'zR JK 182-moddasi) Jinoyatning bevosita obyekti tovar yoki boshqa qimmatliklarni O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o'tkazishning belgilab qo'yilgan tartibi va shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asoslari hisoblanadi. Jinoyatning predmeti fuqarolik muomalasidagi har qanday tovarlar (masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, mebel, hayvonlar va hokazo) yoki moddiy qimmatliklar bo'lishi mumkin. Bojxona qonunchiligini buzishning obyektiv tomonini ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o'xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo'li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni ko'p miqdorda O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o'tkazishda ifodalanadi. subyektiv tomondan jinoyat to'g'ri qasddan sodir etiladi. Jinoyat subyekti 16 yoshga to'lgan, har qanday aqli raso jismoniy shaxs bo'lishi mumkin. Tahlil qilinayotgan jinoyatni JK 182-moddasi 2-qismiga muvofiq kvalifikatsiya qilish belgilari quyidagilar: a) juda ko'p miqdorda; b) chegarani buzib o'tish, yani bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o'tkazish yo'li bilan; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab; g) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilganligi hisoblanadi. Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini va tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish (O'zR JK 183-moddasi) Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini va tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatining bevosita obyekti o'rnatilgan tartib va bozorni samarali boshqarish qoidalari shaklidagi O'zbekiston iqtisodiyotining asoslari, xo'jalik yurituvchi subyektlarning o'z huquq va imkoniyatlarini amalga oshirishlariga to'sqinlik qiluvchi monopolistik faoliyatni amalga oshirishning oldini oluvchi munosabatlar hisoblanadi. Fakultativ obyekti xo'jalik subyekti sifatida faoliyat ko'rsatmaydigan alohida fuqarolar va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan huquq va manfaatlari bo'lishi mumkin. obyektiv tomondan JK 183-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan harakatlar monopoliyaga qarshi faoliyat olib borish vakolat doirasiga kiruvchi organga axborot bermaslikdan yoki bila turib haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlarni taqdim qilishdan, xuddi shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilgandan so'ng sodir etilishida ifodalanadi. JK 183-moddasi 2-qismining obyektiv tomoni monopoliyaga qarshi faoliyat olib borish vakolati berilgan organning talablarini yoxud boshqa qonuniy ko'rsatmalarini bajarishdan bo'yin tovlash yoki ularni o'z vaqtida bajarmaslik, xuddi shunday qilmish uchun ma'muriy javobgarlik qo'llanilganidan so'ng sodir etilishi bilan tavsiflanadi. subyektiv tomondan JK 183-moddasida nazarda tutilgan jinoyat qasddan sodir etilishi mumkin. Jinoyatning subyekti O'zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.24 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.24 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga