Bola huquqlarini himoya qilish

Bola huquqlarini himoya qilish

O'quvchilarga / Huquq
Bola huquqlarini himoya qilish - rasmi

Material tavsifi

Bola huquqlarini himoya qilish 1. Bola huquqlari tushunchasi. 2. Bola huquqlari bo'yicha xalqaro-huquqiy normalar. 3. Bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha milliy qonunchilik. 4. Bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha milliy va xalqaro mexanizmlar. Reja: Bola huquqlari tushunchasi Bola huquqlari - bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, jinsi, tili, dini, tug'ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qati nazar, har bir bola ega bo'lishi kerak bo'lgan huquq va erkinliklar. xalqaro huquqda 18 yoshga yetmagan shaxslarning barchasi bola deb tan olingan. Bola huquqlari tushunchasi 1989 yilgi Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaning muqaddimasida bolalar, zaifligi bois, alohida muhofaza va g'amxo'rlikka muhtoj ekanliklari takidlanadi hamda bunda asosiy g'amxo'rlik va himoya qilish bo'yicha mas'uliyatni oila tomonidan amalga oshirishga alohida etibor qaratiladi. Bola huquqlari himoyasi Bola huquqlarini muhofaza qilishning xalqaro tizimi shakllanishida xalqaro hamkorlik Ikkinchi jahon urushiga qadar XX yillarning boshlaridan rivojlana boshlandi. Mazkur davrda bola huquqlarini muhofaza qilish bo'yicha alohida muammolar shakllana boshlandi hamda ular asosan quyidagi uch yo'nalishda rivojlandi: - qulchilikka qarshi kurash; - ayollar va bolalar savdosiga qarshi kurash; - bolalar va o'smirlar mehnatini xalqaro tartibga solish. Bola huquqlari himoyasi 1923 yilda Bolalarni qutqarish Britaniya Ittifoqi hamda Shvetsiyadagi ushbu masalalar bilan shug'ullanuvchi Rada Barnen tashkiloti Ayollar ligasi bilan hamkorlikda Millatlar Ligasi Assambleyasiga Bola huquqlari to'g'risidagi dastlabki deklaratsiyani ishlab chiqadilar va ko'rib chiqish uchun taqdim etadilar. Deklaratsiya davlatlarga murojaat qilmagan hamda ular zimmasiga aniq majburiyatlar yuklamagan holda, barcha dunyo mamlakatlari erkak va ayollarini bolalar farovonligi haqida g'amxo'rlik qilishga undar edi. Bola huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar Bola huquqlariga oid universal hujjatlar: BMTning universal standartlari deb ataluvchi umumiy deklaratsiyalari va konvensiyalari: Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (25, 26-moddalar); Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt (23, 24-moddalar); Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt (10-modda) kabi universal hujjatlari. Bola huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar BMT ixtisoslashgan tashkilotlarining hujjatlari: YuNYeSKO hujjatlari: ta'lim sohasida kamsitishga qarshi kurash to'g'risidagi konvensiya (1960y.); XMT hujjatlari: Ishga qabul qilishning eng kichik yoshi to'g'risidagi 138-sonli konvensiya (1973y.); Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to'g'risidagi 182-sonli konvensiya (199y.); Mehnat sohasida asosiy tamoyillar hamda huquqlar va ularni amalga oshirish mexanizmi to'g'risidagi deklaratsiya (1998y.). Bola huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar XMTning 1946 yilda qabul qilingan 77- va 78-sonli konvensiyalar bolalar va o'smirlarning sanoatdagi va sanoat bilan bog'liq bo'lmagan korxonalarda ishlashga yaroqli ekanligini aniqlash uchun ularni majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazishni nazarda tutadi. Bola huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar Bola huquqlari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan alohida ijtimoiy guruhlar (ayollar) huquqlarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomalar. Masalan, qurolli mojarolar davrida bolalarni himoya qilishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 198.17 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:55 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 198.17 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga