Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar

Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar

O'quvchilarga / Huquq
Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar - rasmi

Material tavsifi

Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 15-mavzu Asosiy Qonunimiz konstitutsiyaviy tuzum asoslarini mustahkamlagan holda O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda Respublika sudlari tomonidan amalga oshirilishini belgilab bergan. Davlat hokimiyatining oliy organlari esa joylardagi hokimiyat organlarini shakllantiradi. O'zbekistonda davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo'lingan holda amalga oshiriladi. Davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarlaridan tashqari mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda o'z faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning nojo'ya xatti-harakatlari ham jinoyatga tortilishi mumkin. Korxona, muassasa va tashkilotlardagi mansabdor shaxslarning faoliyati boshqaruv funksiyasi berib qo'yilgan ichki organlar doirasida ham olib boriladi. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish jinoyatining obyekti davlat hokimiyati, boshqaruv va mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarining normal faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydigan ijtimoiy muno-sabatlar, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari hisoblanadi. Jinoyat obyektiv tomondan quyidagi uch muqarrar belgidan iborat: 3. Qilmish hamda kelib chiqqan jinoiy oqibatlar o'rtasida sababiy bog'lanishning mavjudligi. 1. Shaxsning o'z mansab vakolatidan foydalanishi ko'rinishidagi qilmish; 2. Fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yoxud jiddiy zarar yetkazish shaklidagi jinoiy oqibatlar; Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilishning subyektiv tomoni qasddan sodir etilishi bilan tavsiflanadi. Mansabdor shaxsning o'z mansab vakolatidan foydalanishi ikki shaklda: 1. Hokimiyat vakolatini; 2. mansab vakolatini suiiste'mol qilish shakllarida namoyon bo'ladi. Obyektiv tomondan pora olish, ya'ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o'z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi Korrupsiya - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro'siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan xavfli jinoiy hodisaning nisbatan ko'p tarqalgan va o'ziga xos hodisasi hisoblanadi. Pora berish, mansabdor shaxsning o'z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatini ko'zlab bajarishi yoki uning mulkiy manfaatdor etilishida ifodalanadi. Pora berish orqali harakat yoki harakatsizlikka erishish uchun boshqa shaxsga pora taklif etgan shaxs pora beruvchi sifatida javobgarlikka tortiladi. Pora olish-berishni tashkil etuvchi shaxs, dalolatchilik yoki yordamchilik qilib, bir vaqtning o'zida vositachilik qilsa, pora bergan yoki olganlikda ishtirokchilik qilganligi uchun javobgarlikka tortiladi. Savol va topshiriqlar 1. Mansabdor shaxsning o'z vakolatlaridan qonunga xilof tarzda foydalanishi qanday harakatlarda ifodalanadi? 2. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish bilan mansab vakolatini suiiste'mol qilish yo'li bilan o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-taroj qilish jinoyati o'rtasida qanday farqlar bor? 3. Pora berish va pora olishning qanday umumiy tomonlari mavjud? 4. Pora berishning xizmatchini pora evaziga og'dirishdan farqi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.85 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:55 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.85 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga