Bugungi jinoyatchilikning sabab va sharoitlari tavsifi

Bugungi jinoyatchilikning sabab va sharoitlari tavsifi

O'quvchilarga / Huquq
Bugungi jinoyatchilikning sabab va sharoitlari tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Bugungi jinoyatchilikning sabab va sharoitlari tavsifi Reja: Hozirgi jinoyatchilikning sabab va sharoitlari Mustaqillik yillarida Respublika hududidagi jinoyatchilik bilan bog'liq vaziyatni taqozo etgan omillarni tahlil qilish Bugungi jinoyatchilikning sabab va sharoitlari tavsifi Kriminologik adabiyotlarda ayrim olimlar iqtisodiy boshqa birlari esa psixologik omillarni jinoyatchilikning birlamchi sababi qilib ko'rsatishadi. Bu o'rinda shuni ta'kidlab o'tish lozimki, iqtisodiy omillar jinoyatchilik sabablari kriminologik zanjirining dastlabki halqalari bo'lib ular jinoyatchilik bilan ijtimoiy va shaxsiy ong orqali bilvosita bog'liqdir. Jamiyatdagi salbiy iqtisodiy omillarning jinoiy xatti-harakat negizi bilan bog'liqligi shundan iboratki, bu omillar ijtimoiy va shaxsiy ongga ta'sir qilib, ularda har qanday jinoyatning «bevosita» sababi bo'lgan umuminsoniy axloqqa, ma'naviyatga, huquqqa zid qarashlar, xulq va odatlarni shakllantiradi, ularni jonlantiradi va mustahkamlaydi. Bu jinoyatchilik sabablarini tushuntirishda iqtisodiy omillarni psixologik omillardan keyin ikkinchi darajali qilib ko'rsatish emas, balki jinoyatchilikning jamiyatda bo'lishini taqozo qiladigan, alohida turdagi va muayyan jinoyatlarning sodir qilinishini belgilab beradigan jamiyat ijtimoiy hayotining barcha sohalaridagi, asosan salbiy xususiyatga ega bo'lgan hodisa, voqyea va jarayonlarning bir-biri bilan uzviy bog'liqligini va ularning jinoyatchilik sabablari iyerarxiyasidagi o'rnini aniq ko'rsatish kerakligini bildiradi. Har qanday jamiyatda, shuningdek, bizning jamiyatimizda ham shunday ijtimoiy hodisa, voqyea va jarayonlar borki, ular ijtimoiy hayotning qaramaqarshiliklarida namoyon bo'lib, shaxsiyatparastlik psixologiyasini, u bilan bog'liq bo'lgan jinoyatchilikni oziqlantiradi va qo'llab turadi, shaxsiyatparastlikning muayyan jinoiy tajovuzlarda ko'rinishiga ko'maklashadi. Jamiyat ijtimoiy hayotining barcha sohalaridagi munosabatlar darajasi undagi ijtimoiy qarama-qarshiliklarning mohiyatini, uning xususiyatini belgilab beradi. Bu qarama-qarshiliklar kelib chiqishi bo'yicha obyektiv xarakterdagi, ya'ni jamiyat rivoji qonuniyatlari bilan belgilangan ijtimoiy hayotdagi ziddiyatlar va subyektiv holatlar: obyektiv qiyinchilik va qaramaqarshiliklarni, ularning kishilar ongiga salbiy ta'sirini, shuningdek, ularning xulqiga bevosita kriminogen ta'sir qilishni kuchaytiruvchi va chuqurlashtiruvchi amaliy faoliyatdagi kamchiliklar, xatolar, buzilishlar va imkoniyatlarni boy berishlardir. Hozirgi jinoyatchilikning sabab va sharoitlari majmuida istiqlolgacha bo'lgan davrda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy-mafkuraviy, tashkiliy-boshqaruv sohasidagi salbiy omillar asorati va oqibati o'zining o'rnini haligacha ham yo'qotgani yo'q. Bu salbiy jarayonning asorat va oqibatlari quyidagilar bilan izohlanadi: O'tish jarayoni Respublikada juda noqulay iqtisodiy-ijtimoiy sharoitda boshlandi. Aholining mutlaq ko'pchiligi qashshoqlikda kun kechirayotgan edi. Aholining demografik tarkibi boqimondalarning soni ko'p bo'lishini oldindan belgilab qo'ygan edi. Respublika aholisining deyarli to'rtdan uch qismi o'zining eng zaruriy ehtiyojlarini ham qondirishga qodir emas edi. Ma'muriy buyruqbozlik usulida jamiyatni boshqarish davrida aholining ko'pchiligida shakllangan bir tekischilik psixologiyasining mavjudligi. Bunday sharoitda odamlar o'z imkoniyatini ishga solmaydi, balki yulg'ichlik, mehnatsiz daromad olish, ijtimoiy to'lovlardan tekinga foydalanish hisobiga yaxshi turmushni ta'minlashning nomaqbul yo'llarini topishga urinadi. Bir tekischilik yuz berayotganini va o'z mehnati baholanmaganini ko'rgan odam esa ranjiydi, uning tafakkuri o'zgaradi. Bozor iqtisodiga o'tish davrida islohotlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.27 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.27 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga