Chakana va ulgurji oldi - sotdi shartnomasi

Chakana va ulgurji oldi - sotdi shartnomasi

O'quvchilarga / Huquq
Chakana va ulgurji oldi - sotdi shartnomasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Chakana savdo 2. Kim oshdi savdosi, tovar birjalarida savdo-sotiq shartnomalari Chakana savdo Fuqarolarga savdo xizmati ko'rsatishning asosiy fuqarolik-huquqiy shakli chakana oldi-sotdi shartnomasi hisoblanadi. Chakana oldi-sotdi oldi-sotdi shartnomasining bir turi sifatida e'tirof etiladi. Chakana savdo munosabatlarida bir tomonda sotuvchi sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar va yuridik shaxslar qatnashsa, ikkinchi tomonda iste'molchi fuqarolar qatnashadilar. Chakana savdo munosabatlarini odatdagi oddiy tovar ayirboshlash harakati sifatida baholab bo'lmaydi. Bu o'rinda shartnoma munosabatlarini boshlashdan asosiy maqsad fuqarolarning maishiy ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi. Shartnomaning oxir-oqibat natijasi savdo xizmati sifati bo'lib, uning tarkibiga sotilayotgan tovarlarning sifatigina emas, balki yana iste'molchiga tovarlarni sotib olishda ma'lum qulayliklar yaratish maqsadidagi qo'shimcha xizmatlar, shuningdek yuqori darajadagi xizmat ko'rsatish madaniyati ham kiradi. Yuqorida aytib o'tilganideq chakana oldi-sotdi shartnomasida qatnashuvchi taraflar o'ziga xos maqomga ega: sotuvchi sifatida yuridik shaxslar (mulk shaklidan qati nazar) va fuqarolar (yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi) hamda sotib oluvchi sifatida fuqarolar - iste'molchilar ishtirok etadi. «Iste'molchilarning huquqarini himoya qilish to'g'risida»gi qonunda iste'molchi foyda chiqarib olish bilan bog'liq bo'lmagan holda shaxsiy iste'mol yoki xususiy xo'jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo'lgan fuqaro (jismoniy shaxs) deb ta'rif berilgan. Barcha rivojlangan mamlakatlar fuqarolik va savdo qonunlarida iste'molchining alohida o'ziga xos imtiyozli mavqei mustahkamlab qo'yilgan bo'lib, bu «iste'molchi har doim haq» degan tamoyilda o'z ifodasini topgan. Haqiqatan ham, har qanday ishlab chiqarish, bozor munosabatlarining pirovard maqsadi iste'molchilarning ehtiyojini qondirishga qaratilishi lozim. Iste'molchi bo'lmasa ishlab chiqarish ham, bozor ham mavjud bo'lmaydi. Boshqa tomondan olganda, iste'molchining manfaatlari inson manfaatlarining aynan o'zidir. Inson - iste'molchi fuqaro o'z hayotida juda ko'p va xilma-xil tovarlarga va xizmatlarga muhtoj. Ayni vaqtda, u tovarlarning barchasi haqida ularning barcha tafsilotlari bo'yicha ma'lumotlar va bilimlarga har doim ega emas va zotan, bunga zarurat ham yo'q. Binobarin, inson o'zi sotib oladigan tovarlarning xususiyatlari haqida maxsus bilimga ega emas deb tan olinar ekan (bu holat rivojlangan mamlakatlar qonunlarida va ish muomalasi odatlarida mustahkamlab qo'yilgan), bu holda zaif tomon - iste'molchi qo'shimcha huquqlarga ega bo'lmogi, sotuvchi zimmasiga esa qo'shimcha majburiyatlar yuklanmog'i lozim bo'ladi. Chakana oldi-sotdi shartnomasining muhim o'ziga xos xususiyatlaridan biri - taraflarning shartnoma oldidan o'zaro aloqalari, muloqotlari va munosabatlarning huquqiy ifodasi hisoblanadi. Bu muloqotdan asosiy maqsad iste'molchini qiziqtiruvchi barcha ma'lumotlarni unga bildirish, iste'molchining axborotlar olishga bo'lgan huquqlarini ta'minlashdir. Iste'molchi nafaqat tovar haqida, balki ushbu tovarni tayyorlovchi, sotuvchi haqida ham to'g'ri va to'liq ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim. «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunning 5-moddasiga asosan, tovarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi o'z korxonasining nomi, joylashgan (yuridik) manzili ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.09 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.09 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga