Chet el elementi ishtirokidagi oila munosabatlarini huquqiy tartibga solish

Chet el elementi ishtirokidagi oila munosabatlarini huquqiy tartibga solish

O'quvchilarga / Huquq
Chet el elementi ishtirokidagi oila munosabatlarini huquqiy tartibga solish - rasmi

Material tavsifi

Chet el elementi ishtirokidagi oila munosabatlarini huquqiy tartibga solish Reja: Oilaviy kollizion qonunchilik manbalariga umumiy tavsif Chet el elementi ishtirokidagi nikoh va ajralishning huquqiy tartibga solinishi Chet el elementi ishtirokidagi farzandlikka olishning huquqiy tartibga solinishi Oilaviy kollizion qonunchilik manbalariga umumiy tavsif. Chet el elementi ishtirokidagi nikoh va ajralishning huquqiy tartibga solinishi. Chet el elementi ishtirokidagi farzandlikka olishning huquqiy tartibga solinishi Oilaviy kollizion qonunchilik manbalariga umumiy tavsif Turli davlatlar qonunchiligi o'rtasidagi kolliziyalarni (kolliziya - bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarning o'zaro nomuvofiqligi) hal etadigan normalar yig'indisi - kollizion huquq hisoblanadi. Kollizion norma - xalqaro tusdagi fuqarolik, oila, mehnat va boshqa huquqiy munosabatga nisbatan qaysi davlat qonunchiligi qo'llanilishini ko'rsatadi. Bunday turdagi huquqiy munosabat mavjud bo'lgandaб sud yoki boshqa davlat organi oldida qaysi huquqni, ya'ni mazkur davlatning milliy huquqini yoki xorijiy davlat huquqini, qo'llash masalasi yuzaga keladi. Bu masala esa ichki, milliy qonunchilikda yoki xalqaro shartnomada belgilangan kollizion norma ko'rsatmasi asosida hal etiladi. Xalqaro xususiy huquqda chet el elementi ishtirokidagi munosabat deganda, xorijiy mamlakat fuqarosi qatnashgan munosabatlar nazarda tutiladi. Masalan, xorijiy mamlakat fuqarosi bilan O'zbekiston fuqarosi o'rtasida nikoh tuzilganda, oilaviy-huquqiy munosabat chet el elementi bilan murakkablashadi va bunda qaysi davlat qonunchiligi qo'llanilishi masalasi yuzaga keladi. Bundan tashqari, chet el elementi huquqiy munosabatni vujudga keltiradigan, o'zgartiradigan va bekor qiladigan yuridik fakt chet elda yuzaga kelganda ham mavjud bo'ladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari o'rtasidagi nikoh chet el hududida tuzilganda, huquqiy munosabatda chet el elementi mavjud hisoblanadi. Oilaviy munosabatlarda chet el elementi mavjud bo'lganda, ularni tartibga solishda qaysi davlat huquqi qo'llaniladi va bunday tartibga solish jarayonida qaysi mamlakat organi qaror qabul qilish vakolatiga egaligi masalasi yuzaga keladi. Bu holatdagi barcha muammolar xalqaro xususiy huquq sohasiga oiddir. Mazkur masalalar chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatga nisbatan qaysi huquq qo'llanilishini aniqlash imkonini beradigan maxsus kollizion normalar asosida hal etiladi. Chet el elementi ishtirokidagi munosabatlarga nisbatan oila qonunchiligi qo'llanilishini tartibga soluvchi kollizion normalar turli manbalarda ifodalangan. Eng avvalo, bunda normalar O'zbekiston Respublikasining ichki qonunchiligida nazarda tutilgan. Xalqaro xususiy huquq normalari O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining VI bo'limida o'z ifodasini topgan. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining VII bo'limi bevosita chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid normalarni belgilaydi. Oila kodeksida belgilangan qoidalarning muhim jihati shundaki, ular oilaviy-huquqiy munosabatlarga nisbatan chet el huquqi qo'llanilishini nazarda tutadi. Xalqaro huquq qo'llanilishiga ruxsat etilishi esa xalqaro xususiy huquqning umum e'tirof etilgan tamoyillar asosida amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Xalqaro xususiy huquq nazariyasida chet el huquqini qo'llashning tabiatiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.88 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.88 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga