Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish

O'quvchilarga / Huquq
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish - rasmi

Material tavsifi

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish Reja: Fuqarolik tushunchasi, chet el fuqarosi Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning oilaviy munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari Umumiy qoidaga ko'ra, har bir shaxs biron-bir davlatning fuqarosidir. Ma'lum bir davlat fuqarosining huquqiy erkinliklari, burchlari o'sha davlat nomidan bayon etiladi, bu davlatning tegishli qonunlarida mustahkamlanib qo'yiladi va zarur siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, va hatto, harbiy vositalar bilan muhofaza qilinadi. Fuqarolik - shaxsning huquqiy maqomi sifatida qator belgilarga ega. U, birinchidan, shaxsning ma'lum bir davlatga mansubligini bildiradi. Ikkinchidan, bu mansublik davlat bilan o'sha shaxs, fuqaro o'rtasidagi siyosiy-huquqiy bog'liqlikni, aloqani bildiradi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risidagi qonun fuqaroviylik munosabatlarini bevosita tartibga solishga qaratilgan maxsus qonun hisoblanadi. Respublikada fuqarolik bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun-hujjatlar mavjud: A) 1992 yil 20 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog'liq munosabatlarni ko'rib chiqish tartibi haqidagi Nizom; B) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 dekabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining pasport tizimi to'g'risidagi Nizom; V) O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 dekabrdagi Farmoni bilan qabul qilingan Xorijiy shaxslarga, fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga O'zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnoma va fuqaroligi bo'lmagan guvohnomasi to'g'risidagi Nizom; G) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olishni hamda doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishni tartibga solish to'g'risida 199 yil 27 fevralda qabul qilingan Qarori. Yuqoridagilardan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirliklarining fuqaroviylik munosabatlardagi ayrim juz'iy masalalar bo'yicha tushuntirishlari, qo'llanmalari ham mavjud. Chet el fuqarosi deyilganda, O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan, lekin O'zbekistonda yashab turuvchi va boshqa davlat fuqarosi ekanligini isbotlovchi dalillari bor shaxsga aytiladi. Bunday dalillar milliy pasport va uning o'rnini bosuvchi hujjatlar bo'lib hisoblanadi. Fuqaroligi bo'lmagan shaxslar deganda, O'zbekistonda yashovchi O'zbekiston fuqaroligiga ega bo'lmagan va o'zining qaysi davlat fuqaroligiga mansub ekanligini isbotlovchi dalillari bo'lmagan shaxslar aytiladi. O'zbekistonda yashab turuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston qonunlari va xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollardan tashqari teng huquq va majburiyatdan foydalanadilar. O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo'ladilar. O'zbekistonda chet el fuqarolari o'rtasidagi o'zaro nikoh xuddi O'zbekiston fuqarolari o'rtasidagi nikoh singari tuziladi. Chet el fuqarolarining o'zaro nikoh tuzish shartlari nikoh tuzuvchilar davlatining qonunlari bilan belgilanadi. O'zbekistonda tuzilgan nikohning shakli, bo'lajak yer-xotin qaysi davlat fuqaroligiga mansub bo'lishidan qat'iy nazar, O'zbekiston qonunlari bilan belgilanadi. Ayrim hollarda O'zbekistondagi chet el ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.57 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.57 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga