Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish

Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish

O'quvchilarga / Huquq
Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish - rasmi

Material tavsifi

Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish Reja: xalqaro shartnoma Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish xalqaro huquqda barcha yoki ko'pchilik davlatlar tomonidan tan olingan bir qator prinsiplar va normalar mavjudki, ular xalqaro huquqning umumiy normalari, umumiy, universal prinsiplari va xalqaro huquqning normalari deb ataladi. O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari O'zbekiston Respublikasi nomidan (davlatlararo shartnomalar), O'zbekiston Respublikasi hukumati nomidan (hukumatlararo shartnomalar), vazirliklar va idoralar nomidan (idoralararo xususiyatga ega bo'lgan shartnomalar) tuziladi. xalqaro shartnoma - bu ikki yoki bir necha davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar o'rtasida tuzilgan bitim (konvensiya, pakt, deklaratsiya, shartnoma va h.k.) bo'lib, ishtirokchilarning siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlarida o'zaro majburiyatlarini belgilash, o'zgartirish va tugatishni nazarda tutadi. Chet el sudlari va arbitrajlari tomonidan chiqarilgan qarorlarni O'zbekiston Respublikasi hududida ijro etishning xususiyati shundan iboratki, bu jarayon nafaqat milliy qonunchilik normalari bilan, balki O'zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo'lgan xalqaro shartnomalar qoidalari bilan ham tartibga solinadi. Chet el sudlari va arbitrajlari tomonidan chiqarilgan qarorlarni O'zbekiston Respublikasi hududida to'g'ri va aniq ijro etish uchun nafaqat O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalarining talablari, balki ishitrokchi mamlakatlarning bir biriga fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo'yicha o'zaro huquqiy yordam ko'rsatishni nazarda tutuvchi ko'p taraflama, xuddi shuningdek, ikki taraflama xalqaro shartnomalar talablari ham hisobga olinadi. Chet el sudlarining qarorlari deyilganda, fuqarolik ishlari bo'yicha qarorlar, jinoyat ishlari bo'yicha hukmlarning jinoyat oqibatida etkazilgan zararni undirish to'g'risidagi qismi, shuningdek agarda O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan bo'lsa, chet davlat boshqa organlarning hujjatlari tushuniladi. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish tartibi O'zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari, O'zbekiston Respublikasi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Chet el sudining qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi sudi tomonidan berilgan ijro varaqasi, agarda O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, qaror kuchga kirgandan so'ng uch yil davomida ijroga topshirilishi mumkin. Ijro hujjatlarini ijro etishda shuni nazarda tutish kerakki, chet davlatga qarashli bo'lgan va O'zbekiston Respublikasi hududida turgan mol-mulkni xatlash va unga nisbatan davoni ta'minlash bo'yicha boshqa choralarni qo'llashga, xo'jalik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish tartibida undiruvni shu mol-mulkka qaratishga, agar O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilangina yo'l qo'yiladi. Chet el sudining qarorini ijro etishdan avval, u tan olinishi kerak. Chet el sudining qarorini tan olish va ijro etish tartibi milliy qonunchilik va O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi. O'zbekiston Respublikasi 1993 yil 22 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.57 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.57 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga