Chet el tashkilotlari, halkaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokidagi ishlarni yuritish Reja: 1. Chet el tashkilotlari, halkaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokidagi ishlarni yuritish tushunchasi. 2. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi xo'jalik sudining vakolatlari. 3. Sudning immuniteti va topshiriqlari. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar xo'jalik protsessining mustaqil bosqichi hisoblanmaydi. xo'jalik sudlov ishlarining har qanday bosqichida chet ellik shaxslar ishtirok etishi mumkin. xo'jalik protsessiga chet ellik shaxslarning kirib kelishi shu bosqichda ishlarni ko'rishning uziga hos xususiyatlarga ega bo'lishini talab etadi. Dunyo iqtisodiy integratsiyasi, xalqaro savdo munosabatlarining kengayishi, davlatlararo va alohida xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarining kengayib borishi, turli davlatlar xo'jalik yurituvchi subyektlari o'rtasida vujudga keladigan xo'jalik nizolarini ko'rish va hal qilish zaruriyatini keltirib chikaradi. O'zbekiston Respublikasining xo'jalik yurituvchi subyektlari o'z navbatida xorijiy mamlakatlar hududida xo'jalik va boshqa faoliyat bilan shugullanib, Respublikamiz hududidan tashqariga uzlarining tovarlarini olib chikadilar, xizmatlar kursatadilar. Shuningdek xorijiy xo'jalik yurituvchi subyektlar O'zbekiston Respublikasi hududida u yoki bu turdagi xo'jalik faoliyati bilan shugullanib, Respublikamiz xo'jalik yurituvchi subyektlari bilan turli iqtisodiy munosabatlarga kirishadi. Bunday hollarda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi xo'jalik yurituvchi subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish dolzarb masalaga aylanadi.Huddi shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududida xo'jalik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarin himoya qilish zaruriyati tugiladi. Davlatlarning turli huquq tizimiga ega bo'lishi, ular o'rtasidagi hamkorlikka tusik bula olmaydi. Bu farq turli davlatlarda iqtisodiy nizolarni kuruvchi organlarning vakolatlarini cheklovchi va aniklashtiruvchi xalqaro shartnomalarni tuzish vaqtida bartaraf etiladi. Har bir davlat iqtisodiy nizolar bo'yicha odilsudlovni amalga oshiruvchi organlarining vakolatlari chegarasini o'zi mustaqil belgilaydi. Shuningdek har bir davlat iqtisodiyot sohasidagi nizolarni hal qilish borasidagi chet el shaxslarining protsessual huquq va majburiyatlarini mustaqil belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi chet elliklarga ham uzimizning tashkilot va fuqarolarimiz bilan teng ravishda huquqlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatini beradi. Hususan, O'zbekiston Respublikasi XPK ning 221-moddasida: chet el tashkilotlari, halkaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar (bundan buyon matnda chet ellik shaxslar deb yuritiladi) uzlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonun bilan muhofaza kilinadigan manfaatlarini himoya qilish uchun O'zbekiston Respublikasining xo'jalik sudlariga murojaat qilish huquqiga ega. Chet ellik shaxslar O'zbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolari bilan baravar protsessual huquqlardan foydalanadilar va protsessual majburiyatlarni bajaradilar. Sudlarida O'zbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolarining protsessual huquqlariga nisbatan maxsus cheklashlarga yul kuyilayotgan davlatlarning shaxslariga nisbatan javob tarikasida O'zbekiston Respublikasi hukumati cheklashlar belgilashi mumkin. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.6 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.6 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:56 ]
Arxiv ichida: doc