Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston davlati va huquqi

Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston davlati va huquqi Reja: Turkistonda Chor Rossiyasi hukmronligini o'rnatilishi. General-gubernatorlikning markaziy va mahalliy boshqaruvi. General-gubernatorlikning sud tizimi. Chor Rossiyasi hukmronligi davridagi huquq manbalari. Rossiya protektorati davrida Buxoro amirligining davlati va huquqi. Rossiya protektorati davrida Xiva xonligining davlati va huquqi. O'zbekiston davlati va huquqi tarixida XIX asrning 60-yillarini «yangi davr»ning boshlanishi deb atash mumkin. Bu bevosita Turkiston o'lkasini, jumladan O'zbekiston hududini chor qo'shinlari tomonidan bosib olinishi bilan xarakterlanadi. Ma'lumki, Chor qo'shinlari birin ketin Oqmachit (qizil O'rda) To'qmoq, Pishkek, Avliyo ota (Jambul), Turkiston va Chimkentni bosib oldi. Bosib olingan hududlarda 1865 yilda Turkiston viloyati tashkil qilindi. Toshkent, Niyozbek, Xo'jand, O'ra-tepa, Jizzax qal'arini bosib olinib, 1867 yil 4 iyulda Turkiston general-gubernatorligi, keyin-chalik Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. Gubernatorlikning markazi qilib Toshkent shahri belgilandi. Gubernatorlikda markazi Toshkent bo'lgan Sirdaryo, markzi Verniy (Alma-ota) bo'lgan Yettisuv viloyatlari tashkil qilindi. 1868 yilning may oyiga kelib Samar-qand, Kattaqo'rg'on, Zirbuloq chor qo'shinlari tomonidan egallanadi va Zarafshon okrugi tashkil etildi. Shu yilning yoz oylarida Buxoro amirligi bosib olindi. Buxo-ro amirligi bilan Rossiya imperiyasi o'rtasida Sulx shartnomasi imzolandi. Mazkur shartnomaga ko'ra Buxoro amirligi Rossiyaning vassali ekanligi, unga 500 ming so'm urush tavoni to'lashi, chet ellar bilan mustaqil siyosiy aloqalar o'rnatish huquqidan mahrum edi. Samarqand va Kattaqo'rg'on viloyatlarini Rossiyaga berish haqida kelishib olingan. 1870 yilga kelib chor qo'shinlari Shaxrisabz, Kitob, Kizil Arvatni, 1873 yilga kelib esa Xazarasp, Xiva va Chandir qal'alarni bosib olganlar. 1873 yil avgust oyida Rossiya imperiyasi bilan Xiva xonligi o'rtasida tuzilgan Sulh shartnomasiga ko'ra, Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylangan. U mustaqil tashqi siyosiy aloqalar o'rnatish huquqidan mahrum bo'ldi va Rossiyaga 2 mln. 200 ming so'm tovon to'lash majburiyatini olgan. Xonlik poytaxtiga yaqin joyda Petr-Aleksandrovskiy qo'rg'oni tashkil etilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. 1875 yilga kelib Qo'qon, Marg'ilon, Andijon, Namangan chor qo'shinlari tomonidan bosib olingan. 1876 yilda Qo'qon xonligi tugatilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan Farg'ona viloyati tashkil qilingan. Chor hukumatining puxta o'ylab, aniq reja asosida izchillik bilan olib borgan mustamlakachilik siyosati tufayli O'rta Osiyo Rossiyaning xom ashyo manbaiga va tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirilgan. Dastlabki davrdayoq o'lkadagi oltin, neft, ko'mir va boshqa yer osti qazilma boyliklarini qidirib topish ishlarini qizitib yuborishgan. O'rta Osiyo tillasi, paxtasi, qorako'li, pillasi, turli quruq va xo'l mevasi Rossiya san'atining asosiy xom ashyosiga aylangan. Turkistonda mustamlaka va boshqaruv idoralari, huquq tizimining shakllanigan bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. Turkiston viloyatini boshqarish, hududda chor hukumatining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirish jarayonida shakllangan munosabatlarni tartibga solishning huquqiy zamini sifatida 1865 yilning 6 avgustida Rossiya imperatori tomonidan tasdiqlangan «Turkiston viloyatini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 102.45 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 102.45 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga