Dalillarni to'plash usullari

Dalillarni to'plash usullari

O'quvchilarga / Huquq
Dalillarni to'plash usullari - rasmi

Material tavsifi

Dalillarni to'plash usullari Reja: 1.Tergov va sud harakatlarining tushunchasi hamda turlari 2.So'roq qilishning umumiy qoidalari 3.Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so'roq qilish 4.Guvoh va jabrlanuvchini so'roq qilish 5.Yuzlashtirish tushunchasi va uni o'tkazish tartibi 6. Tanib olish uchun ko'rsatish 7.Ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish 8.Ko'zdan kechirish tergov harakatining tushunchasi, turlari va uni o'tkazish tartibi 9.Guvohlantirish 10.Murdani eksgumatsiya qilish 11.Eksperiment 12.Olib qo'yish va tintuv Tergov va sud harakatlarining tushunchasi hamda turlari Tergovchi jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida ko'plab protsessual harakatlarni amalga oshiradi. Jinoyatni ochish, tergov qilish va uning oldini olish uchun tergovchi jinoyat-protsessual qonunda aniq belgilab qo'yilgan keng miqyosdagi protsessual huquqlarga egadir. JPKning 36-moddasiga binoan tergovchi: jinoyat ishini qo'zg'atishga va tugatishga, ishni qo'zg'atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so'roq qilishga; JPKda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok qilish uchun jalb etish to'g'risida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to'g'risida qaror chiqarishga; o'zi yuritishga qabul qilgan ish bo'yicha surishtiruv organlariga qidiruv va tergov harakatlarini bajarish to'g'risida yozma topshiriqlar berishga; surishtiruv organlaridan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko'maklashishni talab qilishga haqlidir. Tergovchi tergovning yo'nalishi va tergov harakatlarini yuritishga oid barcha qarorlarni, prokuror ruxsatini olish qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravishda qabul qiladi. Tergovchi ishni qabul qilib olar ekan, bu haqda tegishli qaror qabul qiladi va tergovni boshlaydi. Tergovchi qonunning qat'iy talablariga muvofiq ko'plab protsessual harakatlarni amalga oshiradi. Ammo bu hol ularning barchasi jinoyat protsessual me'yorlarda belgilab qo'yilganini anglatmaydi. Ularning ba'zilari tashkiliy, tayyorgarlik yoki yordamchi-texnik xususiyatlarga ega bo'lib, qonuniy ravishda tartibga solishga muhtoj emas, o'z mazmuniga ko'ra alohida ahamiyat kasb etadigan boshqa harakatlar JPKda ko'zda tutilgan bo'lib, protsessual hisoblanadi. Tergovchining protsessual faoliyati turlichadir. Bunga tergov qilish yo'nalishini belgilash, jinoyat ishi bo'yicha u yoki bu shaxsning mavqeini belgilash haqidagi qarorlar hamda muayyan shaxsning huquqini ta'minlash va dalillarni to'plash bilan bog'liq harakatlar kiradi. Tergovchi jinoyat ishini tergov qilish jarayonida tergov harakatlaridan tashqari protsessual bo'lmagan harakatlarni ham olib boradi. Bunga quyidagi tashkiliy harakatlar kiradi: taxminlarni ilgari surish, tergov qilish rejalarini ishlab chiqish va tuzish, tezkor bo'linmalar bilan hamkorlikni tashkil etish. Tergovchining protsessual bo'lmagan harakatlariga uning qidiruv deb atalgan harakatlari ham kiradi: fuqarolarni so'roq qilish, ulardan ariza va tushuntirishlar olish, ma'lumotlar to'plash, idora, korxona va tashkilotlarga jinoyat ishi bo'yicha zarur haqiqiy ma'lumotlarni aniqlashi mumkin bo'lgan ashyo va hujjatlarni taqdim etish haqida turli so'rovnomalar, talabnomalar, taftish va boshqa xizmat tekshiruvlari o'tkazishga doir talabnomalar yuborish. Tergovchining tashkiliy va qidiruv harakatlari uning amalga oshiriladigan tergov harakatlaridan shu bilan farq qiladiki, ular ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 117.7 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 117.7 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga