Dastlabki tergov va sud tergovining to'liq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligini tekshirish

Dastlabki tergov va sud tergovining to'liq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligini tekshirish

O'quvchilarga / Huquq
Dastlabki tergov va sud tergovining to'liq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligini tekshirish - rasmi

Material tavsifi

Dastlabki tergov va sud tergovining to'liq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligini tekshirish Reja: Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asosi sifatida tergovning to'liq emasligi yoki bir yoqlamaligi Sud tergovining to'liq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi tushunchasi va mohiyati. Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asosi sifatida tergovning to'liq emasligi yoki bir yoqlamaligi Yuqorida takidlab o'tganimizdek, hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari jinoyat protsessining deyarli barcha bosqichlari faoliyatini o'zida qamrab oladi. Jinoyat protsessining jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichidan keyingi dastlabki tergov bosqichiga juda katta vazifalar yuklangan. Jinoyat ishlari bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan holatlarni to'la, har tomonlama, xolisona isbotlanishi shular jumlasidandir. JPKning 82-moddasida jinoyat ishlari bo'yicha isbotlash mezoni qayd qilingan bo'lib, unga ko'ra, ishni ayblov xulosasi bilan sudga yuborish va ayblov hukmi chiqarish uchun quyidagilar isbotlangan bo'lishi kerak: 1) jinoyat obyekti; jinoyat tufayli etkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar; 2) sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek, Jinoyat kodeksida ko'rsatib o'tilgan boshqa holatlar; qilmish va ro'y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o'rtasidagi sababiy bog'lanish; 3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; 4) jinoyat to'g'ri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki o'z-o'ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari; 5) ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. Respublikada umumiy jinoyatchilikning ahvoliga etibor qaratsak, jinoyatchilikning eng o'sgan davri 1992 yilga to'g'ri keladi. Shu yilda Respublikada 93626 ta jinoyat sodir etilgan, shundan jinoyatlarning og'ir turi 37967 ta ni tashkil etgan. Og'ir jinoyatlardan qasddan odam o'ldirish eng ko'p sodir etilgan vaqti 1994 yilda 1219 ta, nomusga tegish jinoyati 1996 yilda 808 ta, o'g'irlik jinoyati 1992 yilga 35348 ta, qasddan og'ir tan jarohati yetkazish 1991 yilda 1303 ta, talonchilik jinoyati 1991 yilda 2730 ta, bezorilik 1994 yilda 4923 ta, bosqinchilik jinoyati 1992 yilda 1125 tani tashkil etgan. Jinoyat shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga zid ijtimoiy hodisadir. Jinoyatchilikka qarshi kurashning eng samarali vositasi jinoiy hodisani o'z vaqtida ochish, jinoyat sodir etgan shaxsni fosh etish, keltirilgan zararni qoplash choralarini ko'rish, jinoyat sodir etgan shaxsni qilmishiga yarasha jazolash, yani jazoning muqarrarligini ta'minlashdan iborat, toki adolat va haqiqat mezonlari, insof va diyonat sifatlari barqaror bo'lsin. Jinoyat ishini ochilmay, jinoyatchini fosh etilmay, jazodan qutilib qolishi oxir oqibat og'irroq turdagi jinoyatlarni sodir etilishiga olib keladi, chunki eng xavfli jinoyatchi qilmishiga yarasha jazosini tortmagani hisoblanadi. Respublika bo'yicha 2004 yilda jami sodir etilgan jinoyat ishlari soni 70483 tani tashkil etgan bo'lsa, shundan 6853 yani, 19,1 % jinoyat ishi, 2005 yilda jami sodir etilgan jinoyat ishlar soni 79883 tani tashkil etgan bo'lsa, shundan 8489 ta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.65 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.65 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga