Dastlabki tergov va surishtiruv organlari

Dastlabki tergov va surishtiruv organlari

O'quvchilarga / Huquq
Dastlabki tergov va surishtiruv organlari - rasmi

Material tavsifi

Dastlabki tergov va surishtiruv organlari Reja: 1 Ichki ishlar vazirligining tuzilishi, vazifalari. 2.Milliy xavfsizlik xizmati organlarining vazifalari va vakolatlari. 3. Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatining asosiy prinsiplari. 1. Ichki ishlar vazirligining tuzilishi, vazifalari. Ichki ishlar vazirligi (IIV) juda katta vazifalarni bajaradi. U idoraviy hujjatlar bilan tasdiqlangan murakkab tuzilishga ega. IIV rahbariyati vazir. vazirning birinchi o'rinbosari, bir necha o'rinbos;irlari va yordamchisidan tashkil topgan. Vazir qoshida kollegiya mavjud. U bir oyda bir marta yig'iladigan maslahat organidir. Ichki ishlar vazirligi rahbariyatida bosh nozirlar guruhi bor. Bu guruhning bosh inspektori vazirlik boshqarmasi o'rinbosarlarinmg huquqlariga ega. Ichki ishlar vazirligining «aqliy markazi» tashkiliy-inspektorlik boshqarmasidir. Unga tashkil iy-inspektorlik bo'limi, navbatchilik qismlarining ishini tashkil etish bo'limi - navbatchilik qismi tahliliy bo'limi, ikkinchi maxsus bo'lim kiradi. Mustaqillikdan so'ng huquqni muhofaza qilish organlarining xalqaro aloqalari faollashdi. Natijada mazkur aloqalarni amalga oshiruvchi bo'linmaga ehtiyoj tug'ildi. Shunday bo'linma tuzilgan bo'lib, u xorijiy aloqalar bo'limidir. Bu bo'lim ko'plab mamlakatlarning politsiya muassasalari bilan katta ish olib bormoqda. Yozishmalar hajmining kattaligi tufayli uning tarkibida kanselariya mavjud. Kanselariyada mudir, katta ish yurituvchi, ish yurituvchi va kotib ishlaydi. Ichki ishlar organlarining huquqiy axborot bilan ta'minlanganligi va ular ishida oshkoralikning kuchayishi talabi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligida Huquqiy ta'minlash va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish boshqarmasi faoliyat ko'rsatmoqda. U huquqiy ta'minlash bo'limi, jumladan, normativ hujjatlarni tayyorlash bo'linmasi, yuridik byuro, matbuot-markazi va kanselariyadan iborat. Bu tuzilma ichki ishlar organlarini barcha zarur huquqiy hujjatlar bilan ta'minlaydi va Ichki ishlar vazirligiga ommaviy axborot vositalari bilan yaxshi aloqada bo'lishiga imkon beradi. Ichki ishlar Vazirligi tizimida olib borilayotgan islohotlar narijasida, ushbu tizirnda quyidagi o'zgarishlar amalga oshdi. Birinchidan, IIV tizimida mavjud bo'lgan Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi tugatilib, ularning o'rniga Terrorizmga qarshi kurash va jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi (TQK va JQBB) tuzildi. Ana shu asosda Qoraqalpog'iston IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB, Transport IIBda terrorizmga qarshi kurash va jinoyat qidiruv boshqarmalari tashkil etildi. Shahar, turnan va temir yo'l IIBlailda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va jinoyat qidiruv bo'limlari tashkil etildi. Ikkinchidan, UV Tergov boshqarmasi o'rniga IIV Tergov bosh boshqarmasi tuzifdi. Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB va Transport IIBda mavjud bo'lgan tergov bo'limlari o'rnida tergov boshqarmalari tashkil etildi. Bunda tergov boshqarmalarining boshliqlari IIB boshliqlarining o'rinbosariari bo'lib hisoblanishi ko'zda tutildi. Quyi ichki ishlar idoralarida ham hudud shunday holat amalga oshirildi. Bunda shahar, tuman, temir yo'i I7B tergov bo'limi boshliqlari tergovni olib borishda yuqori tumvchi tergov boshqarmalari boshlig'iga bo'ysunishi, ichki xizmat bo'yicha esa DB boshliqlariga bo'ysunishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.94 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.94 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga