Dastlabki tergovda jamoatchilik va xolislarning ishtiroki Dastlabki tergovda jamoatchilik va xolislarning ishtirok etishi bu faoliyatni to'lik xar tomonlama va xolisona bo'lishini ta'minlashga qaratilgandir. Jamoatchilikning dastlabki tergovdagi ishtiroki fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishining bir shaklidir. Jamoatchilikni dastlabki tergovda ishtirok etishga jalb etish-bu nafaqat tergov sifatining samaradorligini oshirish balki, fuqarolarning qonunlarga rioya qilish, jamoat tartibini saqlash vositasi xamdir. Jamoatchilikning dastlabki tergovda ishtirok etishi tergovchiga sodir etilayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlar to'grisida xabar berishdan, kechiktirib bo'lmaydigan tergov harakatlarini o'tkazishda bevosita yordam ko'rsatishdan, hodisa sodir bo'lgan joyni ko'riklashdan, unda bo'lgan izlarni saqlash , guvox va jabrlanuvchilarni aniqlash, jinoyat qurollarini kidirib topish, boshqa jinoyatlarga aloqador va uni sodir etgan shaxslarni aniklashda yordam ko'rsatishdan iboratdir. Jinoyat haqida ma'lumot olgan surishtiruv organi, tergovchi, prokuror jinoyat ishini ko'zgatish haqida karor kabul kiladilar. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan xar qanday jinoyat haqidagi ma'lumotlar jamoatchilik tomonidan aynan shu shaxslarga jo'natiladi. Agarda ushbu mansabdor shaxslar jinoyat ishini ko'zgatishni rad etsa, bu xakda jinoyat to'grisida xabar bergan shaxsga malum qilinishi lozim. O'z navbatida bu shaxslar mansabdor shaxsning karori ustidan yuqori turuvchi organga shikoyat qilishi mumkin. Jamoatchilikni dastlabki tergovga jalb qilish shakllari xilma-xil bo'lishi mumkin: jinoyat haqidagi ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalarida chop etish yoki radio va televideniye orqali xabardor qilish va bu axboratlarni elon qilish sabablari, jinoyatni sodir etgan shaxslar yoki jinoyatni o'z ko'zi bilan ko'rgan shaxslarni aniklashga karatish; jamoaning majlisida ma'ruzalar qilish va jinoyat sodir etish sabablarini va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishda tegishli chora ishlab chiqish, mahalla yiginlariga tergov harakatlari yoki kidiruvga yordam berish to'grisida murojaat qilish va x.k. Tergovchi murojaatiga ijobiy karagan shaxslar guvox sifatida so'rok qilinishi mumkin. Jamoatchilik vakillariga biron-bir tergov harakatini mustaqil ravishda bajarishni yuklab ko'yish man etiladi (masalan tintuv va olib ko'yishni o'tkazish, tezkor-kidiruv choralarini ko'rish), chunki dalillarni to'plash dastlabki tergov va surishtiruvning jinoyat-prtsessual faoliyatidir. boshqa organ, muassasa va tashkilot dastlabki tergovni o'tkazish huquqiga ega emas. Jamoat vakillari tergovchiga o'z muhitidan xolislarni, tarjimonlarni, mutaxassislarni alohida tergov harakatlarida ishtirok etishi uchun tavsiya qilishlari mumkin. Jamoatchilik muhitidan tavsiya etilgan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarga JPK qoidalari tadbiq etilib, ular tegishli protsessual huquq va majburiyatlarga ega bo'ladilar. Muayyan jinoyat ishi bo'yicha uning jarayoniga yoki natijalariga nisbatan biron-bir manfaatga ega bo'lmagan shaxslar ushbu ish bo'yicha xolis sifatida ishtirok etish uchun jalb kilinishlari mumkin. Dastlabki tergovda xolislar: olib ko'yish, tintuv o'tkazish, ko'zdan kechirish, tanib olish uchun ko'rsatish, ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish, ekspert tadqiqotini o'tkazish uchun namunalar olish, murdani eksgumatsiya qilish, narsalar va hujjatlarni takdim qilish tergov harakatlarida ishtirok etadilar. Agar so'rok ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.33 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.33 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:57 ]
Arxiv ichida: doc