Dastlabki tergovda sud nazorati va prokuror nazoratining qiyosiy tavsifi Reja: O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi O'zbekiston Respublikasida prokuratura organlari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida sud nazoratining mavjudligini isbotlash uchun o'rganilgan ilmiy va amaliy tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, ko'plab nazariyotchi olimlar, amaliyot xodimlari bu masalaga jiddiy qiziqish bilan qaraydilar va o'z munosabatlarini bildiradilar. Ayniqsa, Sud nazorati qanday nazorat va u prokuror nazoratidan qanday xususiyatlariga ko'ra farqlanadi degan fikr ko'pchilikning etiboridadir. Nazarimizda, sud nazoratini prokuror nazorati tushunchasiga tenglashtirish hamda yuqori sudning quyi sud faoliyati ustidan nazoratini etirof etish uchun ushbu ibora qo'llanilgan. Nadzor bilan kontrol so'zi bir manoni anglatadi. Lug'atlarda ham nadzor va kontrol - nazorat deb berilgan. Prokuror nazorati - O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq bir xilda tushunib, bir xilda tatbiq etish ustidan nazoratni anglatsa, sud nazorati kelishmovchilikni bartaraf qilishga adolat va haqiqatni qaror topishiga xizmat qiladi. Bu fikrni X.S.Tadjiev va I.Ya.Foynitskiy o'z asarlarida asoslashga harakat qilganlar. O'zbekiston Respublikasida prokuratura organlari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rahbarligida yagona markazlashgan tizimda faoliyat yuritib, qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini, O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi. (O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonuni (yangi tahriri) 1-2 moddalari). Kezi kelganda shuni takidlash joizki, ko'pchilik xorijiy mamlakatlar qonunchiligida prokurorga bunday vakolat hamda imkoniyat berilgan emas. Prokuror sud hokimiyatiga xizmat qilish maqomiga ega. Masalan, 22 dekabr 1958 yilgi Fransiya sud tizimini tashkil etish Ordonansiga ko'ra Respublika prokurori yuqori instansiya tribunalida tasis etiladi va o'sha yerda ayblovni quvvatlaydi (4-modda). Fransiya jinoyat protsessual qonunchiligida har bir sud qoshida prokuror faoliyat ko'rsatadi. Uning zimmasiga davo qo'zg'atish, qonunni to'g'ri bajarilishini talab qilish yuklatilgan (Fransiya JPK sining 31-32-moddalari.) Yu.N.Skuratov prokuratura - ijro hokimiyati, sud hokimiyati, qonun chiqaruvchi hokimiyat tizimining birontasiga kirmaydi, deydi. Vaholanki, prokuratura ijroiya hokimiyatining turlaridan biri bo'lib, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatlariga rahbarlik qiladi, qonunlarni ijrosini ta'minlashi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Dastlabki tergovda sud nazoratini o'rnatish bilan mansabdor shaxslarning qonunsiz harakat va harakatsizliklari ustidan shikoyat qilishning real shart-sharoitlari yaratiladi, natijada jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va manfaatlari mukammal ta'minlanadi. Sud hokimiyati bilan prokuror nazorati bir necha masalalarda o'z faoliyatlarini birgalikda amalga oshiradi. Bularga quyidagilar kiradi: Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini muhofaza qilish hamda ularning shikoyat, arizalari bo'yicha qonunga xilof, asoslantirilmagan qaror, harakat yoki harakatsizlikni o'z vaqtida bartaraf qilish; Dastlabki tergovda protsessual majburlov choralari va tergov harakatlarini qonuniy va asosli bo'lishini ta'minlash; Jinoyat ishi materiallarini sudga tayyorlash, birinchi va yuqori instansiya sudlarida qonuniy, asoslantirilgan va adolatli hukm chiqarish va uni tekshirishni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.74 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.74 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:57 ]
Arxiv ichida: docx