Dastlabki tergovda sud nazorati

Dastlabki tergovda sud nazorati

O'quvchilarga / Huquq
Dastlabki tergovda sud nazorati - rasmi

Material tavsifi

Dastlabki tergovda sud nazorati Reja: Dastlabki tergovda sud nazoratining hajmi va chegarasi Jinoyat protsessida sud muhokamasini amalga oshirish Dastlabki tergovda sud nazoratining hajmi va chegarasi O'zbekiston Respublikasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy maqsadi sud-huquq tizimini demokratlashtirish, ekinlashtirish va modernizatsiya qilishdan iborat. Buning zaminida O'zbekiston Respublikasida amal qilinayotgan qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni Konstitutsiyamizga hamda milliy xususiyatimizni etirof etgan holda inson huquqlari bilan bog'liq xalqaro normalarga moslashtirish yotadi, toki inson hayoti, daxlsizligi, erkinligi qadr-qimmati va boshqa qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlari yaratilsin. Dastlabki tergovda sud nazoratini o'rnatilishi jinoyat protsessiga aynan shunday yangi mazmun, yangi shakl va yangi tushunchalarni olib kirdi. Barchamizga malumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o'tkazish to'g'risidagi 2005 yil 8 avgustdagi Farmoniga asosan qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 13 iyunda qabul qilingan va Senat tomonidan 2007 yil 29 iyunda tasdig'ini topgan O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosini bekor qilish munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida va Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o'tkazilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida O'zbekiston Respublikasining qonunlari 2008 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Bu qonunlarning qabul qilinishi davlat va jamiyat ravnaqida inson omilining naqadar ulug'ligidan dalolatdir. Bu qonunga ko'ra, Jinoyat-protsessual kodeksining yigirmaga yaqin normalariga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritiladi. Darhaqiqat, «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o'tkazish munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi Qonunning qabul qilinishi inson huquq va erkinliklarini himoyalashning protsessual kafolatlarini mustahkamlash yo'lida yana bir muhim qadam bo'ldiki, bu o'z o'rnida sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirishning yaqqol dalilidir. Sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberalizatsiya etish jarayoni qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini sud tartibida qo'llanilishining ishlab chiqilishida nomayon bo'ldi. Bu qonunga ko'ra, dastlabki tergovga xolislik, tortishuvchilik, sud murojaat qilish erkinligi va sud orqali himoyalanish prinsiplari joriy qilinadi. Sudga murojaat qilishning yangi shakllaridan biri bo'lgan tergovchi va prokurorning gumon qilinuvchi va ayblanuvchini qamoqqa olishga yoki dastlabki tergov muddatini uzaytirishga ruxsat so'rab, iltimosnoma shaklida beradigan qarorini kiritish mumkin. «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o'tkazish munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi Qonunga ijodiy yondashilgan holda shuni takidlash joizki, 1. sud muhokamasining ishtirokchilari tarkibida albatta, sud kotibi bo'ladi va u bayonnoma yuritadi; 2. aynan shunday bayonnoma iltimosnoma va protestni apellyatsiya instansiyasida ko'rib chiqish jarayonida ham yuritiladi; 3. sudga quyidagi materiallar taqdim qilinadi: jinoyat ishini qo'zg'atish qarori; ushlab turish bayonnomasi; gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsiga oid ma'lumotlar; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.84 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.84 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga