Davlat - fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti sifatida Reja: 1.Umumiy qoidalar 2. O'zbekiston Respublikasi - mamlakatning ichki oborotida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning subyekti 3. O'zbekiston Respublikasi - mamlakatning tashqi oborotida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi Umumiy qoidalar O'zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb elon qili-nishi, uning xalqaro huquq subyekti, mustaqil suveren davlat sifatida tan olinishi O'zbekistonning o'z boyligini o'zi mustaqil tasarruf qilish imkoniyatini berdi. Endilikda bozor iqtisodiyoti sharoitiga o'tayotgan O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy aloqalar-ning turlari va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatiga ega bo'ldi. Darvoqe, O'zbekiston mustaqilligining moddiy asosi ham uning mol-mulkidir[64]. O'zbekiston Respublikasi o'ziga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan obyektlardan xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jis-moniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro foydali ham-korlik o'rnatishga, bunday hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlarni ro'yobga chiqarish uchun foydalanadi. Malumki, davlatning siyosiy tashkilot sifatidagi asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatdagi mavjud subyektlarning, yani turli guruhlar, millatlar va elatlar, kishilar o'rtasidagi jips-likni ta'minlashdan iborat. Shu manoda barcha huquqiy demo-kratik davlatlarda bo'lgani singari O'zbekiston Respublikasida ham O'zbekiston, uning xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Maj-lis va Prezidentgina ish olib borishi mumkin (O'zbekiston Res-publikasining Konstitutsiyaning 10-modda). Manbalar mavzusida aytganimizdek, Konstitutsiya normalari joriy qonun hujjatlarida to'ldirib boriladi. Jumladan, yuqoridagi norma FKning 214-moddasida yanada mustahkamlanib, shunday deyiladi: Respublika mulki bo'lgan mol-mulkni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar (qonunda boshqacha hol belgilanmagan bo'lsa) tasarruf qiladilar. Amalda davlat nomidan yuqoridagi normadan kelib chiqib, turli vazirlik, davlat qo'mitalari, davlat tashkilotlari qatnashishi mumkin. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 21 fevraldagi farmoniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy siyosatini o'tkazish, tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini ta'minlash, chet mamlakatlar bilan iqtisodiy, tex-nikaviy va savdo hamkorligi samaradorligini oshirish, bu sohada boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro miqyosdagi samarali ishda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur shart-sha-roit yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi[65]. Keyinchalik bu vazirlik Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, bugungi kunda esa ushbu vazirlik O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 iyuldagi PF-3631-sonli Farmoni bilan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investi-tsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil etildi[66]. O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqaro-larining huquq hamda manfaatlarini ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida bevosita o'zaro foydali aloqalarni o'rnatish maqsadida xorijiy davlatlarda, xalqaro tashkilotlar huzurida O'zbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalari tasis eti-ladi. Bu vakolatxonalar o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, o'zlari to'g'risidagi Nizomga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hamda vakolatxona joylashgan davlatlar ishtirokchi bo'lgan xalqaro shartnomalarga amal qiladi. Chet eldagi vakolat-xonalar to'g'risidagi Nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasi tomonidan tasdiqlanadi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi o'z mulkini egallash, foydalanish va tasarruf etish yuzasidan fuqarolik huquqining mustaqil ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.73 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.73 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:57 ]
Arxiv ichida: doc