Davlat - fuqarolik-huquqiy munosabatning ishtirokchisi sifatida. obyektlar Reja: Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va turlari Ashyolar - fuqarolik huquqining obyekti sifatida Mol-mulklar - fuqarolik huquqining obyekti sifatida Nomoddiy nematlar tushunchasi va tarkibi Shan, qadr-qimmat va ishchanlik obro'sini fuqarolik-huquqiy himoya qilish Fuqaroning ismga (nomga) bo'lgan huquqi va uni fuqarolik-huquqiy himoya qilish Ishlar va xizmatlar - fuqarolik huquqining obyekti sifatida Davlat fuqarolik huquqining alohida subyekti sifatidagi tushunchasi va xususiyatlari, uning fuqarolik huquq layoqati, O'zbekiston Respublikasi mamlakatning ichki va tashqi oborotida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning subyekti ishtiroki masalalari hamda davlatning uning o'ziga xos jihatlari. Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi, xususiyatlari, huquqiy rejimi, normativ-huquqiy bazasi, shu bilan birga fuqarolik huquqi obyektlarining turlari hisoblangan ashyolar, mol-mulklar, pullar va qimmatli qog'ozlar, nomoddiy nematlar va ularning tarkibi, intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat sirlari, ishlar va xizmatlar haqida tasavvurga, bilim va ko'nikmalar. Takidlash lozimki, davlat jamiyat hayotining barcha sohalarida eng muhim ahamiyatga ega subyekt hisoblanadi. Davlatning ushbu maqomi iqtisodiy munosabatlarda yaqqol ajralib turadi. Zero, iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishida davlat ishtiroki bevosita xalq manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgan bo'ladi. Bunda esa, davlat ana shu manfaatlarning himoyachisi sifatida ularni to'g'ri va maqbul amalga oshirilishini tamilab beradi. Davlatning mazkur funksiyasi jamiyat uchun eng muhim va asosiy vazifa bo'lib, davlatning tashkil topishi, mavjudligi va amal qilishi ham aynan xalq manfaatlari va ularning himoyasi uchun zarurdir. Ushbu holat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida quyidagicha ifodalanadi: - xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda hokimiyat sohibi sifatidagi davlat ishtirokining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu davlatning o'zi bevosita ishtirok etadigan munosabat doirasini o'zi belgilashidir. Demak, davlat o'zining qaysi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishini o'zi belgilab oladi. Zarur paytda esa, davlat o'z qarorlari bilan o'z ishtirokini ta'minlaydi. Masalan, davlat, xalq va jamiyat manfaatlarini ko'zlab g'alla ekinlari faqat davlatga sotilishini belgilab qo'yishi mumkin. Ayniqsa, bu holat bozor munosabatlariga o'tish davridagi davlatning o'z funksiyalarini amalga oshirishda, iqtisodiy munosabatlarni xalq manfaatlarini amalga oshirishga yo'naltirishda ahamiyatli hisoblanadi. Shuning uchun ham o'tish davrida davlatga insbatan bunday vakolatning belgilanishi huquqiy jihatdan asoslidir. Malumki, davlatning siyosiy tashkilot sifatidagi asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatdagi mavjud subyektlarning, yani turli guruhlar, millatlar va elatlar, kishilar o'rtasidagi jipslikni ta'minlashdan iborat. Shu manoda barcha huquqiy demokratik davlatlarda bo'lgani singari O'zbekiston Respublikasida ham O'zbekiston, uning xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezidentgina ish olib borishi mumkin (O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaning 10-modda). O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aytilganidek, O'zbekiston - suveren ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
81.97 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
81.97 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:57 ]
Arxiv ichida: docx