Davlat - siyosiy tizimning asosiy elementi va konstitutsiyaviy - huquqiy institut sifatida

Davlat - siyosiy tizimning asosiy elementi va konstitutsiyaviy - huquqiy institut sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Davlat - siyosiy tizimning asosiy elementi va konstitutsiyaviy - huquqiy institut sifatida - rasmi

Material tavsifi

Davlat - siyosiy tizimning asosiy elementi va konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida Reja: 1. Davlat tushunchasi. Davlat va uning faoliyatini tashkil etishning konstitutsiyaviy asoslari 2. Davlatning funksiyalari 3. Davlat tiplari 4. Davlatni tashkil etish va faoliyatining konstitutsiyaviy prinsiplari 5. Davlat mexanizmi, apparati, organlari va muassasalari 1. Davlat tushunchasi. Davlat va uning faoliyatini tashkil etishning konstitutsiyaviy asoslari «Davlat» tushunchasi konstitutsiyaviy huquqning ko'pchilik ata-malari kabi ko'p manoli va ko'p qirralidir. Davlat - bu insonlarni boshqarib turadigan, yani qonunlar chiqaradigan, armiyaga ega bo'lgan, jinoyatchilikka qarshi kurashadigan tashkilotdir. Davlat siyosiy institut hisoblanadi. «Davlat» termini ko'p manoli so'z bo'lib, u xorijiy tillarda o'zining turli xil ifodasini topadi. Masalan, Angliyada state, fransuz tilida E'tat, nemis tilida staat, ispan tilida Estado, rumin tilida stat, polyak tilida panstwo, venger tilida allam va boshqalar. Bir vaqtning o'zida xorijiy konsti-tutsiyalarda «davlat» atamasiga yaqin boshqa atamalar ham qo'llani-lishi mumkin, masalan, «hukumat», «Respublika», «mamlakat» va boshqalar. Chunonchi, Gretsiya Konstitutsiyasining 30-moddasida: «Prezident Respublikada ijtimoiy institutlarning arbitri hisoblanadi», 82-moddasida esa: «hukumat mamlakatning umumiy siyosatini aniqlaydi va belgilaydi» degan qoida mustahkamlab qo'yilgan. Federativ davlatlar konstitutsiyalarida davlat atamasiga sinonim sifatida «federatsiya» atamasi ham ishlatiladi. Masalan, «Federatsiya bojxona ishlari va moliyaviy monopoliyalar bo'yicha mutlaq qonunchilik kompetensiyasiga ega» (GFR 1949 yilgi Konstitutsiyasining 105(1)-moddasi). Xorijiy mamlakatlar Konstitutsiyalarida «davlat» atamasi mazmuni ochib berilmaydi va u sharoitga qarab, turli manolarda ishlatiladi. Jumladan, 1975 yilgi Gretsiya Konstitutsiyasining qator moddalari quyidagi tushunchani mustahkamlaydi: «Sport davlatning himoyasi va homiyligidadir» (16-modda); «Mulkchilik davlat himoyasidadir» (17 modda); «Davlat aholining sog'ligi haqida g'amxo'rlik qiladi va mulksizlarga yordam berish uchun maxsus choralar ko'radi» (21 modda) va hokazo. Bunda, davlat aynan fuqarolarning ijtimoiy hayotini tartibga soladigan tashkilot sifatida tushuni-ladi. Ko'pchilik mamlakatlarning Konstitutsiyalarida hokimiyat bo'g'inlarining tashkil etilishini ifodalovchi normalar bevosita «davlat» atamasi bilan bog'liq holda beriladi. Masalan, Ozarbay-jon Respublikasi Konstitutsiyasining II bo'limi «Davlat hokimiya-ti» deb nomlanadi. Demak, bu holda davlat jamiyat ishlarini bosh-qaradigan, fuqarolarning huquqlarini tartibga solib, qonun chiqa-ruvchi, ijro etuvchi va sud organlarini o'zida mujassamlashtiradi. Umuman olganda, davlat - bu jamiyat ishlarini boshqaradigan va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini tar-tibga soladigan hamda ularni ta'minlaydigan siyosiy tashkilotdir. 1920 yilda qabul qilingan Avstriya federal konstitutsiyaviy qonunining 1-2-moddalarida Avstriya demokratik federativ respub-lika sifatida berilgan, keyingi o'rinlarda esa «federatsiya», «hudud» (yoki jamiyat) terminlari ishlatiladi. Yuqoridagi misollar shundan dalolat beradiki, biz davlatni konstitutsiyaviy huquqning subyekti sifatida gapirganimizda, aniq holatlarda bu termin qanday mazmun va ahamiyatga ega ekanligi hamda qanday tushunchani nazarda tutishini aniq tasavvur qilishimiz kerak. Shuning uchun, davlat deganda, butun mamlakat miqyosida yoki federatsiya subyektlari bo'yicha amal qiluvchi yoki hududiy hamjamiyatning qonunchilik avto-nomiyasidan foydalanuvchi (masalan: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.36 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.36 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga