Davlat belgilari Reja: Davlat belgilari tushunchasi Davlat belgilari tarkibiy qismlari Davlat belgilarining davlat va huquqni o'rganishdagi ahamiyati Davlat belgilarining mazmuni Davlat belgilari Davlat to'g'risidagi, uning tushunchasi, mohiyati va jamiyatdagi roli (o'rni) to'g'risidagi masalalar (savollar) davlatshunoslik borasidagi uzoq davom etib kelayotgan va bahslarga sabab bo'layotgan masalalar qatoriga kiradi. Ushbu bahslarning asosi nimada? Bular esa kamida 3 ta sabab bilan tushuntiriladi: Birinchidan, aytib o'tilgan masalalar to'g'ridan-to'g'ri va bevosita har xil qatlam, jamiyatdagi sinflar, siyosiy partiyalar va harakatlarning manfaatlarini ifoda etadi. Ikkinchidan, hech qaysi bir tashkilot bajariladigan ishlarning xilma-xilligi yoki jamiyat taqdiriga ta'sir doirasi yuzasidan davlat bilan tenglasha olmaydi. Uchinchidan, davlat - juda murakkab hamda ikki qarama-qarshiliklarga ega bo'lgan ijtimoiy-siyosiy hodisadir. Davlatning tushunchasi, mohiyatini, ko'p tomonli qirralarini, xususiyatlari va belgilarini ochib berish vazifasi - favqulodda murakkab vazifadir. Bu vazifani faqat davlatni konkret-tarixiy o'rganish paytida uni iqtisodiyot bilan, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayoti bilan bog'lagan holda hamda fanning mavjud va yangi yutuqlaridan foydalanib o'rganish darkor. Qadimdan olim va mutafakkirlar davlat nima, degan savolga javob topishga urinib kelganlar. Qadimgi rimlik orator, faylasuf va siyosatchi Mark Tulmit Sitseron bir vaqtning o'zida (davlat to'g'risida) ham savol bergan, ham shunday javob bergan: Ha davlat bu nima, agar u umumiy huquq tartibot bo'lmasa. Sitseronning bu masala bo'yicha ko'pgina izdoshlari va davom ettiruvchilari bo'lgan, ular davlatga huquq tartibotning tashkiloti, uning asosiy mohiyati va vazifasi ham shunda deb tavsif berganlar (G.Kelzen, P.Struve va b.). Davlat belgilari tushunchasi Burjuaziya davrida davlat - bu kishilarning majmui (ittifoqi), ular tomonidan egallagan hudud va hokimiyat degan ta'rif (aniqlik) keng tarqaldi. Taniqli davlatshunos L.Dyugi davlatning 4 ta elementini ajratib ko'rsatadi:kishilik individlarining ittifoqi; ma'lum hududni; mustaqil (suveren) hokimiyatni; hukumatni. G.F.SHershenevichning yozishicha, Davlatning nomi bilan - bitta hokimiyatga bo'ysungan, ma'lum hududlarda joylashgan kishilarning ittifoqi tushuniladi. Davlatga ta'rif berishga K.Marks va F.Engelslar ham bir necha bor e'tibor berishgan. F.Engels davlatga keyinchalik qisqacha shunday ta'rif berdi: davlat - bir sinfning ikkinchi sinf ustidan ezish uchun ishlatiladigan mashinasidan boshqa narsa emas. Bu tushunchaga V.I.Lenin boshqacharoq o'zgartirish kiritib, shunday yozadi: davlat - bu bir sinfning boshqa sinf ustidan xukmronligini qo'llab-quvvatlab turuvchi mashina. Bu talqinlar fan va rasmiy siyosatda keng tarqatilgan. Lekin bunday ta'riflar shunday davlatlarga mos keladiki, ya'ni qayerda sinfiy ziddiyat va siyosiy qarama-qarshiliklar ko'p bo'lib, jamiyatning bo'linib ketishi xavfi bo'lgan joylarda (davlatlarda). Boshqacha aytganda, bu ta'rif diktatorlik davlatlariga to'g'ri keladi. Hozirgi o'quv darsliklarida davlatga o'zining maxsus apparatiga ega bo'lgan, ya'ni o'z zaylini butun mamlakat miqyosida majburiy ravishda o'tkaza oladigan ommaviy hokimiyatning siyosiy-hududiy suveren tashkiloti deb ta'rif beriladi. Lekin bu ta'rifda davlat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
93.75 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
93.75 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:57 ]
Arxiv ichida: doc