Davlat boshlig'i (prezidentlik) instituti Reja: Prezidentlik institutining mohiyati va ahamiyati Parlament va prezident munosabatlari O'zbekistonda Prezident lavozimining joriy etilishi. Tushuncha va tayanch iboralar: Prezident, prezidentlik instituti, prezidentlik Respublikasi, davlat boshlig'i, hukumat boshlig'i, vakolat. Davlat hokimiyatining bo'linishi prinsipi hokimiyag tarmoqlarining mustaqilligi bilan bir qatorda ularning o'zaro hamkorligini, umummilliy maqsad va manfaatlar yo'lida hamjihatligini ham taqozo etadi. Shu manoda davlat hokimiyati tizimida parlamentning tutgan o'rni va rolini uning davlat hokimiyati boshqa tarmoqlari bilan o'zaro munosabatlari tahlilisiz yoritib bo'lmaydi. Parlamentning davlat hokimiyati boshqa tarmoqlari bilan o'zaro munosabatlarida esa prezidentlik instituti salmoqli o'rinni egallaydi. Prezidentlik dastlab AQSHda yuzaga kelgan va hozirda Respublika boshqaruv shakliga asoslangan mamlakatlarda xalq tomonidan to'g'ridan-to'g'ri, saylovchilar korpusi, par-lament yoki boshqa organlar tomonidan davriy saylovlarda muayyan muddatga saylanadigan hamda davlat boshlig'i hisoblanadigan oliy mansabdor shaxsni ifodalovchi institut sifatida keng qabul qilingan. Bugungi kunda dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlarida prezidentlik instituti siyosiy tizimning ajralmas belgisiga aylangan. Mazkur institut Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikaning bir qator davlatlarida amal qilmoqda. AQSH, Lotin Amerikasi vz ayrim Afrika davlatlarida prezident davlat va ayni paytda ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i sanaladi. MDHga azo davlatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Moldova, Qozog'iston va Belarus Respublikasi konstitutsiyalariga ko'ra, prezident ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i hisoblanmaydi. Ushbu o'rinda shuni qayd etish kerakki, mamlakatimizda 2008 yil 1 yanvarga qadar, yani O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to'g'risida (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni rasmiy kuchga kirgunga qadar Prezident ijro etuvchi hokimiyat bopshig'i sanalardi. Endilikda esa O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga asosan Prezident davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi. Konstitutsiyaga bunday tuzatish kiritishdan maqsad davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va joylardagi davlat organlarining zimmasiga Konstitutsiya bilan yuklatilgan vakolatlarini amalga oshirishdagi roli va mas'uliyatini kuchaytirishdan iboratdir. Qayd etish lozimki, davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta'minlash vazifasining Prezident zimmasiga yuklatilishi bu organning davlat rahbari hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili ekanligidan kelib chiqadi. Shu manoda, professor A.H.Saidov takidlaganidek, Prezident davlatni jipslapggirishi, davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta'minlashi lozim. Prezidentning davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta'minlash vazifasi aksariyat demokratik davlatlarning konstitutsiyalarida ham o'z ifodasini topgan. Xususan, Fransiya Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasiga asosan Respublika Prezidenti Konstitutsiyaga rioya qilinishini ta'minlaydi. Prezident o'z hakamligi bilan ommaviy hokimiyatlarning normal faoliyat ko'rsatishini hamda davlat izchilligini ta'minlaydi. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga asosan Prezident Konstitutsiyada belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.67 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.67 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:57 ]
Arxiv ichida: docx