Davlat boshqaruv apparati va uni demokratlashtirish jarayonlari

Davlat boshqaruv apparati va uni demokratlashtirish jarayonlari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat boshqaruv apparati va uni demokratlashtirish jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Davlat boshqaruv apparati tushunchasi. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonlari Parlamentarizm va parlament nazorati Mavzu: Davlat boshqaruv apparati va uni demokratlashtirish jarayonlari Har qanday davlat apparati - bu uning idoralarining mexanik birlashmasi emas, balki aniq tashkil etilgan, qatiy tartibga solingan, yaxlit tizim. Bu tizimning omillari quyidagilar: davlat idora va tashkilot- larining iqtisodiy asosi umumiyligi; davlat idoralari, tashkilot va muassasalarining siyosiy asosi yagonaligi; davlat idoralari - davlat apparati tarkibiy qismlarining qurilishi va faoliyat yuritishining umumiy tamoyillari mavjudligi; davlat idora va tashkilotlari oldidagi pirovard maqsad va vaziflarning umumiy- ligi; davlat apparati barcha bo'g'inlarining yagona tashkiliy. moliya- viy va zarurat tug'ilganda majburiy vositalar bilan ta'minlani- shi, ular faoliyatining umumiy tarzda siyosiy yo'nalishga va butun jamiyat, hukmron sinf yoki sinflar, ayrim ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etishga qaratilishi. Davlat boshqaruv idoralari tarkibiy tuzilishi - bu uni tashkil etadigan bo'g'inlarning ichki qurilishi, joylashish tartibi, o'zaro munosabatlaridir. Zamonaviy davlat apparatining eng muhim xususiyatli tizimlari quyidagilar: qonun chiqaruvchi hokimiyat idoralari tizimi; ijro etuvchi hokimiyat idoralari tizimi; sud hokimiyati idoralari tizimi. Davlat idoralari davlat hokimiyatini ijro etish va davlat boshqaruv vazifalarini amalga oshirish uchun tashkil qilina-di. Konstitutsiyaning 100-moddasida yozilganidek, mahalliy hokimiyat idoralari vakolatiga quyidagilar kiradi: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish masalalari; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig'imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg'armalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xo'jalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Davlat organlarining ko'rinishlari, tasnif mezonlariga bog'liq holda, quyidagicha taqsimlanishi mumkin: Muayyan darajadagi idoralarning tuzilishi va turi davlat qurilish shakliga bog'liq ravishda va boshqaruv shakliga muvofiq o'rnatiladi. Davlat organi tuzilmasi deganda uning ichki qurilishi, uni tashkil etuvchi bo'g'in va tarkibiy bo'linmalarning joylashuv tartibi, ularning o'zaro munosabatlari, bajariladigan vaziflarga bo'ysunishi hamda ushbu organning umumiy vakolati va tasarrufidagi soha yoki hududdan kelib chiqadigan vakolatlari hajmi tushuniladi 1. Demokratiya, plyuralizm va ko'ppartiyaviylik tamoyillari asosida, shuningdek, tashqi siyosiy muassasalar va shunga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi asosida yangi siyosiy tizim rivojining huquqiy va institutsional negizini yaratish. 2. Demokratiya tamoyillarini mustahkamlash, xalq hokimiyatini taminlovchi tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni rivojlantirish. 3. Milliy davlatchilik asoslarini o'rnatish (hokimiyatni qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlariga ajratish). Prezidentlik hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirish. Huquqiy davlat negizlarini shakllantirish. 4. Respublikada barcha fuqarolar teng huquqliligi va milliy yakdillik asosida milliy tafakkurning rivojlanishini ta'minlash. 5. Yakka mafkura hukmronligidan voz kechish. 6. Ko'ppartiyaviylik tizimini shakllantirish. 7. Ijtimoiy-siyosiy qurilishlarni rivojlantirish va ularning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 101.92 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:57 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 101.92 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga