Davlat boshqaruvi hujjatlari

Davlat boshqaruvi hujjatlari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat boshqaruvi hujjatlari - rasmi

Material tavsifi

Davlat boshqaruvi hujjatlari Reja: Davlat boshqaruvi hujjatlari tushunchasi. Davlat boshqaruv hujjatlarining klassifikatsiyasi. Boshqaruv hujjatlarini qabul qilish, elon qilish va kuchga kiritish tartibi. Boshqaruv hujjatlarining talablarini buzish oqibatlari. Boshqaruv organlari o'z vazifa va funksiyalarini amalga oshirish jarayonida turli xil ma'muriy-huquqiy shakllardan foydalanadilar. Boshqaruv faoliyati shakllari boshqaruv faoliyati mazmuniga mos kelishi kerak, yani boshqaruvning u yoki bu funksiyasini amalga oshirishda maqsadga muvofiq va kam vaqt talab etadigan kuch va vositalardan foydalanish lozim. Davlat boshqaruvi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar (ustavlar, nizomlar, yo'riqnomalar) bilan o'rnatilgan boshqaruv shakllaridan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, boshqaruv jarayonida davlatning u yoki bu vazifasini hal etish, u yoki bu funksiyasini amalga oshirishning ruxsat berilgan (yani normativ hujjatlar bilan belgilangan) shakllaridan foydalaniladi. Aks holda, boshqaruv harakatlari va ularning mazmuni shubha ostiga olinishi, normativ hujjatlar talabiga mos kelmasligi mumkin. Lekin bu boshqaruv subyektining o'z xohishiga ko'ra harakatlanish imko- niyatidan mahrum etilganligini anglatmaydi. Boshqaruv subyekti har bir holat bo'yicha boshqaruv vazifalarini hal etish jarayonida u yoki bu shaklni tanlashga ijodiy yondashishi mumkin. Davlat boshqaruvi faoliyatining tashqi ko'rin ish lari turli xil bolganligi sababli, uni har xil asoslarga ko'ra tasniflash mumkin. Boshqaruv shakllari turli yuridik ahamiyatga ega bo'lgan ma'muriyhuquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Ularning bazilari konstitutsiyaviy normalar (masalan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari) va qonunlar bilan (masalan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari), boshqalari esa qonun osti aktlari bilan (masalan, vazirlik, davlat qo'mitasining buyruqlari, ko'rsatmalari va hokazo) tartibga solinadi. Davlat organlarining ichki tashkiliy faoliyati shakllari ham malum bir normalar bilan tartibga solingan bolib, tashkilot ichidagi u yoki bu organning faoliyati doirasida bo'ladi (masalan, yo'riqnomalar). Davlat boshqaruvi shakllari bo'yicha keng doirada ilmiy tadqiqotlar Y.Starossyak tomonidan olib borilgan bolib, uning monograliyasida boshqaruv shakUarining quyidagi turlari ko'rsatib o'tilgan: birinchidan, umummajburiy normalarni o'rnatish; ikkinchidan, ma'muriy aktlar qabul qilish; uchinchidan, shartnomalar tuzish; to rtinchidan, ijtimoiy-tashkiliy faoliyatni amalga oshirish; beshinchidan, moddiy-texnik harakatlarni bajarish. Yu.M. Kozlov boshqaruv shakllariga to'xtalib, ularni ikki guruhga ajratadi: Birinchisi - huquqiy shakllar. Hamma vaqt malum bir yuridik oqibatlarni vujudga keltiradigan harakatlar. Bu ijro etuvchi hokimiyat subyektlarining bevosita huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi har qanday harakatlari hisoblanadi. Bunday harakatlarda yuridik hokimiyat vakolatlari o'z ifodasini topadi. Mazkur gumhga kiruvchi harakatlarning xususiyatlari - boshqaruvning huquqiy aktlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Ikkinchidan - nohuquqiy shakllar. Ushbu shakllar boshqaruvning huquqiy aktlarini qabul qilishni nazarda tutmaganligi sababli, yuridik oqibatlarni to'g'ridan-to'g'ri vujudga keltirmaydi. Ular huquqiy shakllarga xos bolgan ma'muriy-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmaydi. Nohuquqiy shakllar huquqiy shakllarni qo'llashga yoki ularni keyinchalik amalga oshirilishiga ko'maklashuvchi turli xil tashkiliy harakatlar hisoblanadi. Davlat boshqaruvi aktlarining mazmuni va xususiyatlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.81 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.81 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga