Davlat boshqaruvi organlarining huquqiy asoslari

Davlat boshqaruvi organlarining huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat boshqaruvi organlarining huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Davlat boshqaruvi organlarining huquqiy asoslari Reja: 1Ijro hokimiyati organlarining davlat hokimiyati tizimida tutgan o'rni. 2. Ijro hokimiyati organlarining tizimi. 3. Ijro hokimiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslari. 4. Ijro hokimiyati organlarining huquqiy maqomi. «Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati - davlatning uchta asosiy tayanchidir» I.A.Karimov Demokratik jarayonlar rivojlangan huquqiy davlatlarda davlat hokimiyati - qonunchilik, ijro etish va sud hokimiyatiga bo'linish tamoyili asosida tashkil etiladi. Hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga ajratish tamoyili hokimiyatning ushbu har bir shoxobchasi mustaqil va boshqasining vakolatiga daxl qilmagan holda faoliyat ko'rsatishini bildiradi. Mazkur tamoyilni hayotga muntazam suratda joriy qilish yo'li bilan hokimiyat shoxobchalaridan birining boshqasiga tegishli vakolatlarni o'ziga olib qo'yish xavfining oldi olinadi. Hokimiyatlar bo'linishi tamoyili hayotga joriy etilishi uchun «to'siq va cheklovlar» tizimi bilan ham ta'minlanishi darkor bo'ladi. «To'siq va cheklovlar» tizimi hokimiyat shoxobchalaridan birining boshqasiga tegishli vakolatlarni tortib olishi xavfiga mutlaqo o'rin qoldirmaydi va davlat organlarining me'yorida faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tizimi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan belgilab berilgan. Konstitutsiyaning 11-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi prinsipiga asoslanadi. O'zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyati - O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan, sud hokimiyati esa - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sud va Oliy xo'jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatni - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbarligi ostida amalga oshiriladi. Ijro hokimiyati organlari tizimiga oliy organlardan tashqari, vazirliklar, davlat qo'mitalari va ularning tuzulmalari, Respublika miqyosidagi korxona, muassasa, tashkilot, kontsern, korporatsiya, assotsiatsiya, kompaniya va boshqa birlashmalar hamda hokimlar va hokimiyatlar tomonidan ham amalga oshiriladi. Ular o'z huquqiy maqomiga ko'ra O'zbekiston Respublikasida umumiy, sohaviy va tarmoqlararo oliy va markaziy davlat boshqaruvini amalga oshiradilar. Bu davlat organlari faoliyati mazmunida davlat, xo'jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishga hamda tashqi aloqalarga huquqiy-tashkiliy jihatdan rahbarlik qilish namoyon bo'ladi. Ularning har birining huquqiy maqomida, tashkil etilishi va faoliyatida umumiyliklar bilan bir qatorda o'ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir. Shu boisdan ularni birma-bir ko'rib chiqamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshladi. Prezidentlik boshqaruv usuli - shu tizimning o'zagi hisoblanadi. O'zbekistonda prezidentlik lavozimining paydo bo'lishi 1985 yil aprelda boshlangan qayta qurish jarayonlari bilan, ayniqsa 1988-1989 yillardayoq avj olib ketgan iqtisodiy va siyosiy islohotlar bilan bog'liq edi. O'zbekiston Respublikasida prezidentlik lavozimining paydo bo'lishi, ayniqsa uning huquqiy maqomining belgilanishi uch bosqichni o'z ichiga oladi.[2]  Birinchi bosqich - 1990 yil mart-oktyabr oylaridan iborat. 1990 yil 24 martda O'zbekiston SSR Prezidenti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 273.01 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:57 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 273.01 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga