Davlat boshqaruvi uslublari tushunchasi va xususiyatlari

Davlat boshqaruvi uslublari tushunchasi va xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat boshqaruvi uslublari tushunchasi va xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Davlat boshqaruvi uslublari tushunchasi va xususiyatlari Reja: Davlat boshqaruvi uslublari tushunchasi va xususiyatlari Ma'muriy uslublar Ma'muriy-huquqiy uslublar Boshqaruv shakli (ijro hokimiyati yoki boshqaruv harakatlari shakli) masalasi bilan tanishib chiqish, boshqa huquqiy hodisaning - boshqaruv uslublarini ham aniqlash lozimligini ko'rsatadi. Uslub - bu amaliy faoliyatning usuli, vositasi hisoblanadi. Boshqaruv shakllari va boshqaruv uslublarini bir-biridan ajratmagan holda ko'rib chiqish lozim. Ma'muriy huquqning tartibga solish uslubi va ma'muriy huquqiy (boshqaruv) uslublar, nomlanishi jihatidan bir-biriga juda yaqin turadi. Lekin bu holat ularning faqatgina tashqi ko'rinishidan yaqinligini ko'rsatadi. Tartibga solish uslubi - ma'muriy huquqning asosiy funksiyasi bo'lib, boshqaruv munosabatlarini huquqiy tartibga soluvchi vosita hisoblanadi. Davlat boshqaruvi uslubi esa, boshqaruv subyektlari (ijro hokimiyati organlari) oldida turgan barcha vazifalarni, shu jumladan tartibga solishni ham, amaliy hal etish vositasi hisoblanadi. Davlat boshqaruvi uslubi - ma'muriy huquq har qanday subyektining emas, balki ma'lum bir sohada boshqaruvni (ijro hokimiyatini) amalga oshirish vakolatiga ega bo'lgan subyektning funksiyasi hisoblanadi. Boshqaruv organlari normativ tusdagi hujjatni qabul qilganida, bu ikkala vosita bir-biriga mos kelishi mumkin. Lekin tartibga solish uslubi o'zining mazmun-mohiyati va ahamiyati bilan davlat boshqaruvi uslublaridan ajralib turadi. Huquqiy tartibga solish hamma vaqt normativdir. Shu sababli, uning vositalari (ko'rsatma berish, taqiq, vakolat berish) tartibga solinadigan munosabatlarning barcha subyektlariga nisbatan qo'llaniladi. Boshqaruv uslublari esa bunday vakolatga ega bo'lgan ijro hokimiyati organi (mansabdor shaxs) tomonidan qo'llaniladi hamda ular yakkalashtirilgan, ya'ni individuallashtirilgandir. Yuridik adabiyotlarda boshqaruv uslublari turlicha nomlangan bo'lishi mumkin, masalan, boshqaruv harakatlarini amalga oshirish uslublari, boshqaruv faoliyati uslublari, ma'muriy huquqiy uslublar, ijro hokimiyatini amalga oshirish uslublari va h.klar. Lekin bu tushunchalarning mazmuni bir xil, ya'ni davlat boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan boshqaruvni (boshqaruv harakatlarini) amalga oshirish, tegishli obyektlar va shaxslarga ma'muriy ta'sir ko'rsatish maqsadida, qonunchilikda ruxsat etilgan doirada, qo'llaniladigan usul va vositalardir. Demak, boshqaruv uslubi - davlat boshqaruvi faoliyatining maqsadlariga erishish, vazifalarini bajarish va funksiyalarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan huquqiy vositalar hisoblanadi. Boshqaruv shakli boshqaruv ta'siri usullarini o'z ichiga oladi. Masalan, boshqaruv organi tomonidan ma'lum bir sohada nazoratni amalga oshirish va javobgarlikni qo'llashi uchun mansabdor shaxsning majburiyatlarini o'rnatuvchi huquqiy akt qabul qilinishi lozim. Shakl uslubga qaraganda birlamchi hisoblanadi. Boshqaruv uslubi boshqaruv subyektining obyekt bilan o'zaro munosabatga kirishganligini aniqlash imkoniyatini beradi. Boshqaruv uslubi boshqaruv shaklida albatta o'z ifodasini topadi. Boshqacha aytganda, boshqaruv shakli bo'lmaganida, boshqaruv uslublari, ya'ni boshqaruv subyektining obyektga nisbatan ta'siri o'z ma'nosini va o'zining formal mazmunini yo'qotadi, amalda emas, balki xayolda qoladi. Masalan, ma'lum bir shaxsni ma'muriy yoki intizomiy javobgarlikka tortishga yoxud davlat byudjeti mablag'laridan ma'lum bir obyektni moliyalashtirishga qaratilgan boshqaruv faoliyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.73 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.73 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga