Davlat boshqaruvida alohida sohalar va tarmoqlarni ma'muriy-huquqiy tartibga solish Reja: Iqtisodiyot sohasida davlat nazorati. Ijtimoiy-madaniy sohani boshqarish tushunchasi. ma'muriy-siyosiy sohani boshqarish tushunchasi. Tarmoqlararo davlat boshqaruvi. O'zbekiston Respubilkasida iqtisodiyot sohasini boshqarish O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga yuklatilgan. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida O'zbekiston Respublikasining moliyaviy narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narxnavoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi O'zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Moliya vazirligi O'zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, Respublika byudjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta'minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta'minlaydi. Moliya vazirligi Respublika byudjetining ham daromadlar, ham xarajatlar bo'yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumRespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etishga javob beradi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpoglston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo'limlari, davlat sug'o'rta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi. Moliya vazirligi o'z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to'g'ridan-to'g'ri yoki o'zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo'naltiradi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol ta'sir ko'rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning o'sishini ta'minlash; moliya-kredit vositalarining xo'jalik mexanizmi boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash; Respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, malum maqsadga yo'naltirilgan yaxlit xalq xo'jaligi dasturlarini mablag' bilan ta'minlash, zarur moliya, valyuta rezervlarini tashkil etish; moliya, byudjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablag' bilan ta'minlash usullarini takomillashtirish; auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etishni nazorat qilish; korxonalar, vazirliklar, idoralar, banklar va davlat sug'o'rta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va takomillashtirish, xo'jalik yuritishning yangi shakUarini joriy etish sohasida mahalliy moliya organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlaydigan Vazir boshchilik qiladi. Moliya vaziri Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan o'rinbosarlariga ega bo'ladi. O'rinbosarlar o'rtasidagi vazifalar O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan taqsimlanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat byudjetining g'azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2007-yil 28-fevral qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida G'aznachilik organi tashkil etilgan. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-mart qaroriga binoan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G'aznachiligi to'g'risidagi nizom tasdiqlangan. G'aznachilik ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.15 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.15 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:58 ]
Arxiv ichida: doc