Davlat boshqaruvida qonunchilik va intizom Reja: Davlat boshqaruvida qonunchilik va intizom. Nazorat qilish, ijroni tekshirish va kuzatishning o'zaro munosabatlari. Davlat boshqaruvi sohasida davlat hokimiyati organlari nazorati. Boshqaruvda qonuniylikni ta'minlashda fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarining roli. O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligiga erishganidan keyin, o'z taraqqiyot yo'li - bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo'lini tanladi. Bu O'zbekiston Respublikasining qatiy yo'lidir. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi chiqargan qonunlarga tayangan holda davlat boshqaruvining huquqiy negizi yaratildi. Respublikaning barcha fuharolariga va korxona, muassasa va tashkilotlariga tadbirkorlikni, tashabbuskorlikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratib berildi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini bosqichma-bosqich rivojalantirish ta'minlanmoqda. Respublikamizda mulkchilikning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish va ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish, korxona, muassasa va tashkilotlar o'rtasida raqobatni avj oldirish, boshqarishning oldingi usulidan (yani, ma'muriy-buyruqbozlik usulidan) butunlay voz kechish, iqtisodiy omil va vositalarni keng joriy etish - bozor munosabatlarining tub negizidir. O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilingan bo'lib, hozirgi vaqtda rivojlanish jarayonidadir. Bu qonunchilikning asosini - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Konstitutsiyaning 15-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar. Demak, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish qonuniylik tushunchasining mazmunini tashkil etadi. Huquqshunos olimi Yu.M.Kozlov davlat boshqaruvida qonuniylik quyidagi xususiyatlar bilan izohlanishini ko'rsatib o'tadi: birinchidan, barcha uchun qonunlarning umummajburiyligi. Aynan shunda qonun talablarining ustunligini, uning oliy yuridik kuchini ko'rishimiz mumkin. Hech kimga qonunni chetlab o'tishiga yoki qonundan o'zini ustun qo'yishiga ruxsat berilmaydi; ikkinchidan, qonuniylikning yagonaligi; uchinchidan, qonuniylik va maqsadga muvofiqlikni qarama-qarshi qo'yishning man etilishi. Qonunning o'zi maqsadga muvofiqlikning namoyon bo'lishining yuqori darajasidir; to'rtinchidan, qonuniylik va aholi huquqiy madaniyatining chambarchas bog'liqligi; beshinchidan, har qanday qaror qabul qilganda qonuniylik va adolat bir o'rinda turishi lozim; oltinchidan, davlat boshqaruvida qonuniylik uni buzganlik uchun javobgarlik muqarrar belgilanganligida ta'minlanishi mumkin. Huquqshunos olimi A.A.Karmolitskiyning fikricha qonuniylik davlat boshqaruvi jarayonida alohida ahamiyatga ega bo'lib, bu quyidagi holatlar bilan belgilanadi: birinchidan, boshqaruv davlat va mahalliy organlar faoliyatining ko'p qismini qamrab oladi. Boshqaruv jarayonida davlat organlarining iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy va ma'muriy-siyosiy qurilishga rahbarlik qilish singari faoliyati amalga oshiriladi. Qonuniylikka rioya qilish mazkur tizim oldida turgan vazifa va funksiyalarning samarali amalga oshirilishini belgilab beruvchi asosiy vosita hisoblanadi; ikkinchidan, boshqaruv subyektlari o'zlarining funksiyalari va vakolatlarini amalga oshirish orqali huquqni qo'llash faoliyatini olib boradilar. Bu boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish bilan bog'liqdir; uchinchidan, boshqaruv faoliyati ko'pgina subyektlar (ijro hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Aynan ular ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.68 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.68 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:58 ]
Arxiv ichida: doc