Reja: 1. Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizom tushunchasi 2. Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta'minlash uslublari 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nazorati 4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nazorati 5. O'zbekiston Respublikasida sud nazorati 6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nazorati 7. O'zbekiston Respublikasida prokuror nazorati 8. Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach, o'z taraqqiyot yo'lini erkin belgilash imkoniyatiga ega bo'ldi. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning ko'rsatishicha: «Biz uchun mustaqillik - o'z erkinligimizni anglashgina emas, balki avvalo o'z hayotimizni, o'z irodamiz bilan va milliy manfaatlarimizni ko'zlagan holda tashkil etish, o'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan ko'rish yo'lidir». O'zbekiston tanlab olgan yul - Respublika va uning xalqining manfaatlariga mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir. Bozorga o'tilgan sari iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli jiddiy o'zgaradi. Bozor iqtisodiyotining o'zini o'zi tartibga soluvchi mexanizmlari tobora katta rol uynaydi. Jahon tajribasi ko'rsatishicha, suveren davlatchilikka erishish, yangi iqtisodiy negizning shakllanishi, xalqning ijtimoiy va ma'naviy jihatdan uyg'onishi sobitqadam va astoydil harakat qilish yo'li bilan g'oyat katta qiyinchiliklarni yengib o'tish orqali amalga oshiriladi. Mustaqillikni qo'lga kiritgan har bir mamlakat o'z taraqqiyot yo'lini izlagan, yangi jamiyat barpo etish borasida o'z andozasini ishlab chiqqan. Bunda ilk asos vazifasini kishilarning o'z qadriyatlari tizimi va aniq maqsadni ko'zlab tutilgan yo'l, milliy an'analar va tarixiy shartsharoit, real ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy muhit, odamlarning tarkib topgan turmush tarzi va dunyoqarashi o'tagan. Demokratik prinsiplarga asoslangan erkin bozor munosabatlariga o'tish - izchil tarzda eskicha tartiblarga barham berish, uning o'rniga yangi bozor tartiblarini asta-sekin joriy eta borish, iqtisodda, siyosatda, madaniy-ma'naviy hayotda tub islohotlarni amalga oshirish yo'li bilan jamiyatni yangilash orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqurrok idrok etish, ularning hayotiy zarurligini aniq-ravshan anglab yetish lozim. Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub o'zgarishlar yuz berdi. O'zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan qonunchilik bazasini shakllantirishga kirishdi hamda u asosda o'zining davlat tuzilishini qura boshladi. 1992 yil 8 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n ikkinchi chaqiriq o'n birinchi sessiyasida O'zbekiston Respublikasining asosiy qonuni bo'lgan - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va uning asosida ishlab chiqilgan qonunlarning ustunligi o'rnatildi. Mazkur konstitutsiyaviy normadan kelib chiqqan holda, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar amaldagi konuchilikka og'ishmay rioya qilishlari lozim. Aks holda, jamiyat va davlat, oxir oqibat fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida davlat faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tuzilmasi, ularning huquqiy holati, o'zaro munosabatlari qayta ko'rib chiqilib, zamon talablari darajasida tashkil etilmoqda. Jamiyatning rivojlanishi bilan turli ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.12 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.12 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:58 ]
Arxiv ichida: doc