Davlat boshqaruvining huquqiy asoslari R ye j a: 1. Boshqaruv tushunchasi va turlari. Ijtimoiy boshqaruv 2. Davlat boshqaruvi tushunchasi, o'ziga xos xususiyatlari va turlari 3. Davlat boshqaruvi funksiyalari 4. Davlat boshqaruvining asosiy prinsiplari 5. Davlat boshqaruvi va ijro hokimiyati Boshqaruv tushunchasi va turlari. Ijtimoiy boshqaruv. Ma'muriy huquq atamasi lotincha administratio so'zidan olingan bo'lib, boshqaruv huquqi ma'nosini anglatadi. Shu sababli, Ma'muriy huquq fanining mazmun-mohiyatini ochib berishdan avval boshqaruv, davlat boshqaruvi tushunchalarining mohiyatini anglab olish lozim bo'ladi. Boshqaruv davlat paydo bo'lmasdan oldin vujudga kelgan bo'lib, kimnidir yoki nimanidir yoxud qandaydir faoliyatni yo'naltirish, unga rahbarlik qilish ma'nosini anglatadi. Huquqshunos olim Y.N.Starilovning fikricha, boshqaruv - bu boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga nisbatan maqsadga muvofiq va doimiy ta'sir etish jarayoni hisoblanadi. Bunda boshqaruv obyekti sifatida turli xildagi hodisalar va jarayonlar, jumladan, inson, jamoa, ijtimoiy jamoatchilik, mexanizmlar, texnologik jarayonlar va boshqalar namoyon bo'lishi mumkin. Boshqaruv subyektining obyektga nisbatan ta'siri - boshqaruv tizimiga bevosita bog'liqdir. Boshqaruv tizimi - bu boshqaruv jarayonini ta'minlovchi mexanizm, ya'ni maqsadga muvofiq va kelishilgan holda funksiyalanuvchi o'zaro bog'liq elementlardir. Boshqaruv jarayonidagi bu elementlar orqaga qaytish prinsipi asosida yagona tizimga birlashadi. Y.M.Kozlovning fikricha, boshqaruv nimaga yoki kimgadir rahbarlik qilishdir. Lekin bu boshqaruvning to'liq mazmunini ochib bera olmaydi. Birinchi navbatda rahbarlik qilish tushunchasini o'zining mazmunini, uning funksional ahamiyatini aniqlab olish lozim bo'ladi. XX asrning 60-yillarida turli sohalardagi boshqaruv jarayonini o'rganuvchi fan - kibernetika vujudga keldi. Matematik apparat, matematik mantiq va funksiya nazariyasidan foydalanib, avtomatik tartibga solish, axborot va ilmiy bilimning ko'pgina boshqa sohalaridagi eng muhim tajribalarni (yutuqlarni) birlashtirish imkonini berdi. Kibernetika - boshqaruv, aloqa, kontrol, tartibga solish, qabul qilish, saqlash va axborotni qayta ishlash kabi masalalarni o'rganuvchi fan sifatida vujudga keldi. Bunda boshqaruv tushunchasiga, boshqaruv jarayonlariga, uning prinsiplariga, yagona tizimni tashkil etuvchi turli elementlarning o'zaro aloqasiga alohida e'tibor qaratilgan. Kibernetika fanidan kelib chiqqan holda, boshqaruv to'g'risida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 1) boshqaruv - bu turli xildagi (biologik, texnik, ijtimoiy) tashkil etilgan tizim funksiyasi bo'lib, ularning yaxlitligini ta'minlaydi, ya'ni ularning oldida turgan vazifalarning amalga oshirilishiga erishiladi, uning tuzilmasi va faoliyatining o'rnatilgan tartibi saqlab turiladi; 2) boshqaruv u yoki bu tizim elementlarining o'zaro munosabatlari manfaatiga xizmat qiladi; 3) boshqaruv yaxlit tizimning ichki sifatini tashkil etadi, uning asosiy elementlari bo'lib esa, o'zini o'zi tashkil etish (boshqarish)ga asoslanuvchi va doimiy munosabatda bo'luvchi subyekt (boshqaruvchi element) va obyekt (boshqariluvchi element) hisoblanadi; 4) boshqaruv nafaqat tizimni tashkil etuvchi elementlarning o'zaro ichki munosabatini, balki turli xildagi iyerarxik darajadagi tizimlar mavjudki, ular ham ichki, ham tashqi xususiyatdagi boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishni nazarda tutadi; 5) ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
104.89 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
104.89 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:58 ]
Arxiv ichida: docx