Davlat boshqaruvining shakl va usullari

Davlat boshqaruvining shakl va usullari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat boshqaruvining shakl va usullari - rasmi

Material tavsifi

Davlat boshqaruvining shakl va usullari Reja: Davlat boshqaruvi shakllari tushunchasi. Davlat boshqaruvi shakllarining turlari. Boshqaruv faoliyatining usullari. Davlat boshqaruvida ishontirish va majburlov usullari tushunchasi. ma'muriy huquqsohasi bo'lib, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig'indisidan iborat. ma'muriy huquq lotincha administration so'zidan olingan bo'lib, «boshqaruv huquqi» degan manoni anglatadi. ma'muriy huquq fanini, uning maqsad va vazifalarini anglab olishdan oldin davlat boshqaruvi va umuman boshqaruv to'g'risida tushuncha hosil qilish lozim. Har qanday boshqaruv jamiyatda yuzaga keladigan turli-tuman munosabatlarni tartibga solishga haratilgan bo'ladi. Jamiyatda mavjud bo'lgan boshqaruv ijtimoiy boshqaruv deb atalib, davlat boshqaruvi uning asosiy turlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Davlat boshqaruvi davlat faoliyatining alohida bir turi bo'lib hisoblanadi. Davlat boshqaruvi bevosita davlat organlari va uning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvining tamoyillari - bu asoslanuvchi qarashlar (fikrlar) bo'lib, uning yordamida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi apparat tashkil etiladi va funksiyalanadi. Davlat boshqaruvi tamoyillari O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida va qonunlarida, davlat boshqaruvida ishtirok etuvchi jamoat tashkilotlarining Ustav va boshqa hujjatlarida aks ettiriladi. Davlat boshqaruvi tamoyillari ikki guruhga bo'linadi: Ijtimoiy-siyosiy tamoyillar. tashkiliy tamoyillar. Shakl - bu malum bir hodisa yoki harakat mazmunining tashqi ko'rinishidir. Masalan, ta'lim jarayoni - ma'ruzalar yoki amaliy mashg'ulotlarni olib borish (yani ta'lim shakllari) orqali namoyon bo'ladi. Har qanday faoliyat singari davlat boshqaruvi faoliyati ham, malum bir shakllarda ifodalanadi. Davlat boshqaruvi shunday jarayonki, unda ko'pgina shaxslar, tashkilot va organlar ishtirok etadi. Bu jarayonda ijro etuvchi hokimiyat organlarining (boshqaruv faoliyati asosiy subyektining) vazifalari, funksiyalari va vakolatlari amalga oshirilganligi sababli, birinchi navbatda, mazkur hokimiyat subyektlari faoliyati shakllari muammosi vujudga keladi. Ushbu faoliyatning shakllarini aniqlash orqali davlat - boshqaruv faoliyatining mazmunini chuqurroq anglash mumkin. Malumki, davlat hokimiyati qanday ko'rinishda bolmasin o'z-o'zidan amalga oshirilmaydi. Balki davlatning o'zini namoyon qilish maqsadida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud sohasida harakat qilishi lozim bo'ladi. Aynan davlat tegishli subyektlarining aniq harakatlarida mazkur hokimiyatning mazmuni va yo'nalishlari namoyon bo'ladi. Boshqaruv organlari (mansabdor shaxslar) o'zlarining kundalik amaliy faoliyatlarida turli xil harakatlami amalga oshiradilar. Bunda davlat organi yoki uning vakili (mansabdor shaxs)ning kompetensiyasi - boshqaruv sohasidagi u yoki bu harakatni amalga oshirish imkonini belgilab beradi. Jumladan, ayrim ijro etuvchi hokimiyat organlari qonun osti huquqiy normalarini, yani davlat boshqaruvi jarayoni yoki uning ayrim sohalarida xulq-atvor qoidalarini o'matish vakolatiga; boshqalari esa boshqaruv munosabatlarining u yoki bu subyektiga qaratilgan aniq yuridik hokimiyat ko'rsatmalarini berish vakolatiga; uchinchisi esa, kontrol-nazorat funksiyalarini amalga oshirish vakolatiga ega bolishi mumkin. Ularning barchasi o'z faoliyati yoki bo'ysunuvchi subyektlarining faoliyatini tashkil etish maqsadida malum bir harakatlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.55 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.55 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga