Davlat chegarasi tushunchasi va uni o'rnatish tartibi

Davlat chegarasi tushunchasi va uni o'rnatish tartibi

O'quvchilarga / Huquq
Davlat chegarasi tushunchasi va uni o'rnatish tartibi - rasmi

Material tavsifi

Davlat chegarasi tushunchasi va uni o'rnatish tartibi Reja Kirish xalqaro huquqda hudud tushunchasi va davlat hududi xalqaro huquqda «davlat chegaralari» tushunchasi Adabyot Kirish Mavzuning dolzarbligi. xalqaro huquq - davlatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar, turli xil jamoat birlashmalari, alohida fuqarolar, turli davlatlarning yuridik shaxslari ishtirok etadigan xalqaro munosabatlarni tartibga solib turuvchi huquq tizimi. xalqaro huquq - tarixiy ijtimoiyhuquqiy amaliyot rivojlanishi natijasidir. Insonlarning (guruhlar, tabaqalarning) o'z milliy manfaatlarini anglash vositasi sifatida paydo bo'lishi, ayniqsa xalqaro munosabatlarning doimiy o'zgarib turishiga aloqadorligi bilan xalqaro huquq milliy davlatlar va xalqlarning taraqqiyotiga muhim ta'sir ko'rsatgan va ko'rsatib kelmokda. Kishilik tarixi davomida xalqaro huquq nafaqat xalqaro munosabatlarning taraqqiyoti bilan birga rivojlanib kelgan, balki ularga malum darajada ta'sir ham ko'rsatgan. xalqaro huquqning paydo bo'lishi bevosita davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog'liq. Davlatlar taraqqiyotining obyektiv shart-sharoiti ular o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va huquqiy munosabatlarni o'rnatish zaruratini keltirib chiqaradi. Buning natijasi o'laroq huquqning mustaqil tizimi sifatida xalqaro huquqning paydo bo'lishi va rivojlanishidir. xalqaro huquq davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi turli xil munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. xalqaro-huquqiy me'yorlarda milliy davlatlarning o'zaro munosabatlaridagi murakkab jarayonlar o'z aksini topadi. Ularning asosida shakllanayotgan, xalqlarning subyektiv hohish-irodasiga emas, balki ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv omillariga mos keladigan huquqiy ong xalqaro huquqda o'z ifodasini topadi. Shunday ekan, bugungi kunda xalqaro huquqiy bilimlarga ega bo'lish muhim ahamiyatga ega. Davlat chegarasi tushunchasi va uni o'rnatish tartibi masalalari xalqaro huquq fanida muhim ahamiyat kasb etib, uning asosiy jihatlarini o'rganmay turib, xalqaro huquq bo'yicha to'liq tasavvurga ega bo'lish mumkin emas, ushbu mavzuni o'rganish va tadqiqot olib borish dolzarb ahamiyatga ega. Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Davlat chegarasi tushunchasini va uni o'rnatish tartibi masalalarini yoritib berish kurs ishining asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: xalqaro huquqda hudud tushunchasi va davlat hududi masalalarini o'rganish; xalqaro huquqda «Davlat chegaralari» tushunchasini yoritib berish; O'zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va uni o'rnatish tartibini asoslab berish; xalqaro huquqda chegaralarning buzilmasligi prinsipining mohiyatini ochib berish. 1. xalqaro huquqda hudud tushunchasi va davlat hududi Har qanday davlat muayyan cheklangan hududda joylashadi va o'z hududini qo'riqlash uchun chegaralar o'rnatadi. Shu hududda uning fuqarolari istiqomat qiladi. Davlat o'z hududi doirasida ichki va tashqi fuksiyalarni amalga oshiradi. Bu hududning daxlsizligini himoya qilish uning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Har bir davlatning yaxlit hududi muayyan tarzda, albatta, malum qismlarga, bo'linmalarga bo'lingan bo'ladi. Davlat hududini bunday bo'lish uni boshqarishni osonlashtirish, samarali boshqarish maqsadlarini ko'zlaydi. Davlatning hududi qanday tarzda tashkil etilganligini, yani markaz bilan hududiy birlikning o'zaro munosabati qanday, qanaqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.47 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.47 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga