Davlat daromadlarini huquqiy tartibga solish 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 21-mavzu Davlat o'z oldida turgan vazifa va funksiyalarini amalga oshirishi uchun ma'lum bir moliyaviy resurslarga ega bo'lishi lozim. Shu sababli turli pul to'lovlari va ajratmalar ko'rinishidagi mamlakat milliy daromadining bir qismi uning ehtiyojlariga yo'naltiriladi. Natijada u o'z daromadlariga, ya'ni davlat daromadlariga ega bo'ladi. Bu daromad davlat egaligida bo'lib, tegishli davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf qilinadi. Davlat daromadlarining manbasi va tizimi, shuningdek ulardan har birining ahamiyati davlat iqtisodiy tizimiga bog'liq bo'ladi. Davlat daromadlari yagona tizimdan iborat bo'lib, uning elementlari pul mablag'lari ayrim turlarining muayyan majmo'yini tashkil etadi. Davlat daromadlarining yagona tizimi shu bilan izohlanadiki, amaldagi qonun hujjatlari davlat tomonidan o'zining barcha daromadlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan pul mablag'larining aynan bir turini belgilaydi. Davlat daromadlarining yagona tizimi ular mohiyatining eng muhim xususiyatlarini aks ettiradigan belgilarga qarab har xil turlar bo'yicha tasniflanadi. Shakllanish va foydalanish tartibiga qarab barcha davlat daromadlari markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan daromadlarga bo'linadi. Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'laganidan keyin korxonalar olgan foyda va ular ixtiyorida bo'lgan boshqa daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etishi mumkin. Davlat daromadlari va ular o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlar qonun hujjatlari me'yorlari, O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinadi. Davlat daromadlari hududiylik xususiyatiga ko'ra, Respublika va mahalliy daromadlarga bo'linadi. Davlat daromadlari yuridik xususiyati va shakliga ko'ra soliq to'lovlari va soliqsiz tushumlarga bo'linadi. Soliqlarga majburiylik va individual qaytarib bermaslik xususiyatlari xosdir. Soliqsiz to'lovlar majburiy va ixtiyoriy bo'lishi mumkin. Ixtiyoriy to'lovlar esa lotereya o'yinlari o'tkazishdan, turli aksiyalardan, yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan, davlat qimmatli qog'ozlarini sotishdan tashkil topadi. Savol va topshiriqlar 1. O'zbekiston Respublikasining Soliq, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi va Jinoyat kodekslarini toping. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi va Jinoyat kodekslaridan aniqlang. 2. O'zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksida nazarda tutilgan qanday soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar amal qiladi? ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.57 MB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:58
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.57 MB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:58 ]
Arxiv ichida: ppt