Davlat ekologik funksiyasini rivojlantirishning xalqaro huquqiy asoslari

Davlat ekologik funksiyasini rivojlantirishning xalqaro huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat ekologik funksiyasini rivojlantirishning xalqaro huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Davlat ekologik funksiyasini rivojlantirishning xalqaro huquqiy asoslari Davlatning ekologik funksiyasini rivojlantirishda xalqaro huquq normalari alohida ahamiyat kasb etadi. Tabiat chegara bilmaydi deganlaridek, davlat o'zining ekologiya sohasidagi faoliyatini xalqaro huquq normalariga rioya qilish asosida amalga oshiradi. Dunyodagi ishlab chiqarish jarayonlari jadallashuvi va buning natijasida tabiatga xavf solinishi tufayli XX asrning 70-yillaridan boshlab (asosan Farbiy Yevropadavlatlarida) «yashillar harakati» deb ataluvchi harakatlar vujudga kelishi bilan Yevropadavlatlaridagi xavfli ishlab chiqarish korxonalari bir qator rivojlanayotgan davlatlarga ko'chirilishi sababli bu muammo mintaqaviy muammodan global muammoga aylana boshladi. Shu bois atrof tabiiy muhitni himoya qilish muammosini, ekologik xavfsizlikning xalqaro-huquqiy asoslarini o'rganish maqsadida keng miqyosdagi tadqiqotlar olib borildi. Zero, Sobiq Sovet Ittifoqi davrida ham bu muammo faqat 80-yillardan boshlab o'rganila boshlangan edi. Sobiq Ittifoq tugatilib, mustaqil davlatlar paydo bo'lishi bilan mazkur masalaning ijtimoiy, siyosiy va ekologik jihati ham o'zgardi. O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgach, mamlakatimizga ushbu masalaga alohida e'tibor berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotgan yettita muammodan biri ekologiya muammosi ekanligini ta'kidlab o'tgan edi. Chunki bu omil bevosita atrof tabiiy muhitning ifloslanishiga va ekologik tizimlarning buzilishiga ta'sir etgan holda, bilvosita har bir davlatning kuch-qudratini belgilovchi fuqarolarning salomatlik darajasiga, xomashyoga bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish imkoniyatlariga, eksport salohiyatini ko'taruvchi ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishga salbiy ta'sir qiladi. Shu sababli ham ekologiyaning buzilishi, bilvosita ta'siri ko'zga yaqqol tashlanib turmagan bo'lsa-da, xavfsizlikka yashirin tahdid soluvchi omil bo'lib hisoblanadi. Ta'kidlash o'rinliki, tabiatni asrashga taalluqli dastlabki xalqaro shartnomalar XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida vujudga kelgan. Ular asosan hayvonot dunyosining ayrim turlarini himoya qilish va ovlashni tartibga solishga qaratilgan edi (masalan, 1897 yilgi dengiz mushuklarini muhofaza qilish to'g'risidagi bitim). Keyingi o'n yilliklarda sayyoramiz tabiatini muhofaza qilish masalasini xalqaro huquq normalari bilan tartibga solishda jiddiy sifat o'zgarishlari yuz berdi, davlatning bu sohada olib borayotgan ishlari jadallashdi. Atrof tabiiy muhit muammolariga bunchalik katta e'tibor berilishi tasodifiy hol bo'lmay, fan-texnika va jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi inson xo'jalik faoliyatining tabiatga ta'sirini keskin kuchaytirishni taqozo etadi, tabiiy jarayonlarga uning aralashuvi ancha kengaydi. Tabiat boyliklaridan xo'jasizlarcha foydalanish sayyoramiz biosferasini jiddiy ekologik inqiroz yoqasiga olib borib qo'ydi. Shuning uchun ham atrof tabiiy muhitni xalqaro miqyosda muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qoldi. Tabiiyki, bu vazifani ayrim davlatlarning kuch-g'ayratlari bilan hal qilish mumkin emas. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning milliy tadbirlari universal va mintaqaviy darajalardagi keng xalqaro hamkorlik bilan uyg'unlashishi kerak. xalqaro huquq bunday hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirishda, davlatning tabiatni qo'riqlash sohasidagi faoliyatini tartibga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.52 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.52 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga