Davlat er kadastri

Davlat er kadastri

O'quvchilarga / Huquq
Davlat er kadastri - rasmi

Material tavsifi

Davlat yer kadastri Reja: 1. Davlat yer kadastri tushunchasi 2. Davlat yer kadastrining mazmuni 3. Davlat yer kadastrini yuritish «Kadastr» lotincha so'z bo'lib, «soliqqa tortiladigan ashyolar ro'yxati» manosini anglatadi. Dastlab kadastr yer solig'i manbaiga doir kitob (reestr) sifatida tushunilgan, keyinchalik u davlatning hisobga olish-baholash tadbirlari tizimini ifodalaydigan bo'ldi. Har bir mamlakatda kadastr rivoji o'z sharoitlari va an'analariga asoslanadi, shuning uchun jahonda aynan bir xil kadastr tizimini topish mumkin emas. Shunisi qiziqki, mamlakatimiz hududida o'tgan asrda shariatda qabul qilingan «temir daftar» termini ham kadastr tushunchasiga to'g'ri keladi. Davlat yer kadastriga tegishli barcha munosabatlar 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri to'g'risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunning 3-moddasiga binoan davlat yer kadastri davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u erlarning tabiiy, xo'jalik, huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o'rni va o'lchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o'rtasida taqsimoti to'g'risidagi ma'lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir. Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning davlat ro'yxatidan o'tkazilishini, erlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, erlarning qiymat bahosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilanib turilishini o'z ichiga oladi. Davlat yer kadastrining ma'lumotlari erlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish va ularni olib qo'yishda yer uchun to'lanadigan haq miqdorlarini belgilashda,yer tuzish ishlarini o'tkazishda, xo'jalik faoliyatiga baho berishda hamda erlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tadbiq etiladi. Yer uchastkalarining joylashgan o'rni va o'lchamlari to'g'risidagi kadastr hujjatlarida yer egasining (yerdan foydalanuvchining, mulkdorning) ismi-sharifi, yerning mulk shakli, kadastr raqami, yer uchastkasiga oid huquqning ro'yxatga olish sanasi, egalik huquqiga oid hujjatlarning berilish sanasi, yer uchastkasidan foydalanish, foydalanishning muddatliligi, yer berilishining maqsad-vazifasi, yer uchastkasi chegarasining burilish nuqtalari o'rni ko'rsatilgan sxemasi, yondosh yer uchastkalarining ta'rifi, servitutlar, yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklashlar, yer uchastkasining holatini tavsiflovchi miqdor va sifat ko'rsatkichlari, uning iqtisodiy bahosi ko'rsatiladi. Yer kadastrini yuritish faqat hozirgi lahzaga oid ma'lumotlarni qayd qilishdangina emas, kadastr ma'lumotlari va axborotlarini uzluksiz yangilab turishdan, boshqacha aytganda ularni aktuallashtirishdan iboratdir. Kadastr ma'lumotlarining katta hajmliligi va turfa xilligi topografo-geodeziya va tuproqqa oid katta hajmdagi turli tekshirish va izlanishlar olib borishni taqozo qiladi. Êàäàño'rning barcha bo'limlarida ma'lumotlar obyektiv va ishonchli bo'lishi uchun yerning faktik holati va undan foydalanishga mos bo'lishi kerak. Kadastrning ishonchliligi va obyektivligi, kadastr ma'lumotlarining zamonaviy darajada bo'lishi kadastr ishlarining uzluksizligi orqali ta'minlanadi. Yer kadastri axborotini ishlab chiqish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va foydalanuvchilarga ishonchli va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.02 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.02 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga