Davlat extiyojlari uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berishni tashkil etilishi

Davlat extiyojlari uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berishni tashkil etilishi

O'quvchilarga / Huquq
Davlat extiyojlari uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berishni tashkil etilishi - rasmi

Material tavsifi

Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berishni tashkil etilishi Reja Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berish yuzasidan davlat kontrakti tushunchasi. 2. Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berish shartnomasining huquqiy asoslari. Davlat o'zining moddiy ehtiyojlarini ta'minlash, jumladan, tegishli iqtisodiy va tashqi siyosat olib borish, o'zining davlat apparatini saqlash, mudofaa qudratini oshirish, ijtimoiy-madaniy ishlar uchun sarf-xarajat qilishga majburdir. Shuning uchun davlat fuqarolik huquqining boshqa subyektlari bilan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish bo'yicha davlat kontrakti, shuningdek, uning asosida tuziladigan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish to'g'risida shartnomalar tuzadi va ularning bajarilishiga sharoit yaratib beradi. Tovarlarni davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berish shartnomasi mahsulot yetkazib berish shartnomasining bir ko'rinishi bo'lib hisoblanadi. Ular o'rtasidagi farq tovarlarning davlat ehtiyojlari uchun ishlatilishida ko'rinadi. Davlat bu tovarlarni rezervda saqlashi, davlatning iqtisodiy mavqeini mustahkamlash uchun foydalanishi yoki davlat mudofaasi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida foydalanishi mumkin. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlarni yetkazib berish davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish bo'yicha davlat kontrakti asosida, shuningdek, uning asosida tuziladigan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi davlat kontraktini huquqiy tartibga solish, asosan, Fuqarolik kodeksining 457-464-moddalarida belgilab qo'yilgan. Ayni vaqtda, FKning mahsulot yetkazib berish shartnomasini tartibga soluvchi me'yorlari ham qo'llaniladi. FK bilan tartibga solinmagan munosabatlarga nisbatan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishni tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari, jumladan, Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Nizomlar hamda boshqa qonun hujjatlari tatbiq qilinishi mumkin. FKning 458-moddasiga muvofiq, davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish yuzasidan davlat kontrakti bo'yicha mahsulot yetkazib beruvchi davlat buyurtmasiga yoki uning ko'rsatmasiga muvofiq mahsulot yetkazib berish shartnomasi asosida boshqa shaxsga shartlashilgan muddatda tovarlar yetkazib berishni, davlat buyurtmachisi esa, yetkazib berilgan tovarlar haqini belgilangan muddatda to'lashni o'z zimmasiga oladi. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi davlat kontraktlarini ijro qilish uchun mahsulot yetkazib beruvchi bilan oluvchi o'rtasida tuziladigan, davlat ehtiyojlari uchun rejalashtirilgan tovarlarni oluvchiga o'tkazish maqsadida tuzilgan davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish shartnomasi deyiladi. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi konsensual, haq baravariga va har ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi ishtirokchilarining tarkibi bir-biridan farq qiladi. Har ikkalasi ham (davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi) mahsulot yetkazib beruvchi sifatida bitta shaxs, yani tadbirkor ishtirok etadi. Ikkinchi taraf sifatida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.22 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.22 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga