MAVZU: Davlat funksiyasi. REJA Reja: Davlatning funksiyasi - uning oldida turgan vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy yo'nalishi bo'lib, davlatni mohiyati va ijtimoiy belgilarini, jamiyatni boshqarish uchun davlatni maqsad va vazifalarini amalga oshirish usul va shakllaridir. O'zbekiston davlatining asosiy vazifasi -jamiyatdagi barcha ishtimoiy guruh millat, elat, guruh, tabaqalarning manfaatlarini ifodalab, bozor iqtisodi siyosatiga o'tib, demakratik huquqiy davlat qurishdir. Davlatning ichki sohada asosiy vazifasi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalarda turli islohotlar o'tkazib bozor iqtisodi asoslarini yaratishdir. Tashqi vazifasi esa jahondagi barcha davlatlar bilan aloqa qilib, davlatni tashqi sohasiadgi vazifalarini amalga oshirishdir. Davlat funksiyasi uning ichki sohadagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy, siyosiy va tashqi vazifalaridan kelib chiqadi. Davlat funksiyasining turlari Davlat funksiyasi ichki va tashqi turlarga bo'linadi. Ichki funksiya qancha kuchli bo'lsa, tashqi funksiya shunchalik kuchli bo'ladi. Davlatning ichki funksiyasi uning oldida turgan muhim iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy vazifalarni amalga oshiradi. Iqtisodiy sohada tashabbuskorlik va ishbilarmonlik asosida iqtisodni mustahkamlab bosqichma-bosqich bozor siyosatiga o'tishda barcha mulk shakllarini huquqiy tengligini ta'minlash va qo'riqlash. Iqtisodni markazlashtirmaslik, korxona va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish. Fuqarolarning mehnat qilish, dam olish, ishsizlarga ta'minot berish, ish haqi, pensiyalar va nafaqalarning kafolatlangan eng kam miqdorini joriy qilish. Tabiiy boyliklardan keng foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish kiradi. Ijtimoiy va ma'naviy sohada amalga oshiriladigan vazifalar-bu barcha insonparvarlik g'oyalariga amal qilishlik. Xalqning ma'naviy va axloqiy pokligini qayta tiklash. Xalqning milliy madaniyatini boyitish, ayniqsa davlat tili bo'lgan o'zbek tilini yanada rivojlantirish. Ijtimoiy adolat qoidalarini ruyobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va boshqalar. Siyosiy sohada quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak. Xalqning milliy xususiyatlarini hisobga olib, barcha ijtimoiy guruhlar, millat va elatlarning manfaatlariga mos keladigan O'zbekistonda dermokratik huquqiy davlat qurish. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni yaratish, qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash. Bir mafkura hukmronligidan voz kechish, turli mafkuralar bo'lishli, demokratiyaning zarur sharti bo'lgan ko'ppartiyaviylikni rivojlantirish. Shu vazifalardan O'zbekiston davlatining ichki funksiyalari kelib chhadi. Iqtisodiy funksiya, madaniy-ma'naviy tarbiyaviy funksiya, turli mulk shakllarini qo'riqlash va mustahkamlsh funksiyasi, moliya nazorat funksiyasi, aholiga ijtimoiy himoya ko'rsatish funksiyasi, aholini ijtimoiy himoya qilish funksiyasi, tabiatni qo'riqlash va ekologik funksiyasi, qonuniylik va huquq tartibotini mustahkamlash funksiyasi, fuqarolarning huquq, burch va erkinliklarini ta'minlash funksiyasi va davlatni idora etishda xalq ommasining ishtiroki va oshkoralikni ta'minlash funksiyalari kiradi. O'zbekiston Respublikasining tashqi vazifalariga mamlakatni boshqa davlatning hujumidan himoya qilish, tinchlikni mustahkamlash, turli ijtimoiy tuzimdagi davlatlar bilan tinch-totuv yashash, davlatni harbiy qudratini mustahkamlash ishlari kiradi. Davlatning shu vazifalaridan tashqi funksiyaning tubandagi elementlari kelib chihadi. Turli davlatlar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
577.82 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:59
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
577.82 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:59 ]
Arxiv ichida: pptx