Reja: 1. Kirish2 2. Asosiy qism: a) Hokimiyatlar bo'linishi nazariyasining shakllanishi4 b) Hokimiyatlar bo'linish nazariyasi va uning konstitutsiyaviy amaliyoti12 v) Hokimiyatlar tarmoqlarining «bir - birini tiyib turishi va o'zaro muvozanatda ushlashi» tizimi21 g) O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanish masalalari30 Xulosa34 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati36 KIRISh Hokimiyatlar tizimida ijro hokimiyatining o'rni va ahamiyatini to'la tadqiq etish uchun, biz, avvalo, umuman hokimiyatlar bo'linishi g'oyasining shakllanishi jarayonini nazariy tahlil etishimiz lozim bo'ladi, chunki bu g'oyaning shakllanish jarayoni kishilik jamiyatining davlat hokimiyatini oqilona, adolatli tarzda tashkil etishborasidagi intilishlari, kurashlari bilan mustahkam bog'liq holda kechgan va uning natijasi sifatida hozirgi kunda amal qilmoqda. (O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach, taraqqiyotning demokratik yo'lini tanlaganini jahon hamjamiyatiga elon qildi. Mustaqillik yillari xalqimizning tanlagan yo'li to'g'ri eqqkanligini ko'rsatmoqda. Hozirgi kunda O'zbekiston huquqiy davlat qurishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirishi yo'lidan qatiy ketmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, «mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokrat-lashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo'lib qolaveradi»1. Huquqiy davlat qurishi murakkab, keng qamrovli va ko'p qirrali jarayon ekanligini rivojlangan davlatlar hamda yangi qaror topgan davlatlarning eng yangi tarixi ko'rsatib turibdi Mustaqil davlatchiligimizni tashikil etishi jahon davlatchiligi amaliyotida sinalgan tamoyil - hokimiyatlar bo'linishiiga asoslanishii asosiy qonunimizda mustahkamlab qo'yildi. Hokimiyatlar bo'linishii tamoyili hokimiyat organlarini tashkil etishining samarali mexanizmi sifatida o'zini ko'rsatib kelmoqda. O'zbekistonning mustaqil davlat sifatida qabul qilgan dastlabki qonunlaridan biri bo'lgan Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risidagi qonunning 5-moddasidayoq hokimiyatlar bo'linishii tamoyili mustahkamlangan edi. 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 11-moddasida bu tamoyil uzil-kesil konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlab qo'yildi. Malumki, hokimiyatlar bo'linishii tamoyili davlat hokimiyatining samarali ishlanishi ta'minladi. Bu tamoyilga ko'ra yaxlit davlat hokimiyati uchta tarmoqqa ajratiladi, har bir tarmoq boshqasining faoliyatini nazorat etib turadi, shu tariqa hokimiyat suiistemol qilinishining oldi olinadi. Hozirgi kunda davlatimizning o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalariga qanchalik tez va soz erishishi, ko'p jihatdan uning davlat organlariga va ularning samarali faoliyatiga bog'liq. O'zbekistonda davlat hokimiyatini amalga oshiirishi mexanizmiga bag'ishlangan tadqiqotlar anchagina, biroq ularning ichida aynan shu masalani maxsus tarzda, davlat va huquq nazariyasi nuqtai-nazaridan amalga oshirilgan tadqiqotlar kamroq ekanligini takidlab o'tishi maqsadga muvofiq. Davlat hokimiyatini amalga oshiirishining nazariy-huquqiy muommolarini u bu tarzda tadqiq etgan rossiyalik tadqiqotchi V.S.Nersesyans, S.S.Alekseyev, M.N. Marchenko, N.I.Matuzov, A.V.Malko, V.D.Perevalov va boshqalarning ishlarini alohida ko'rsatishq kerak. Turon zaminida huquqqa asoslanib, faoliyat yuritadigan davlat haqidagi fikrlar asrlar davomida shakllanib, sayqallanib kelganligi malum. Forobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi fozil insonlar qonunga asoslangan adolatli jamiyat haqida teran fikrlarni ilgari surganlar. Davlat va huquq nazariyasi predmetining muhim mavzularidan biri bo'lgan «Davlat hokimiyatini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
167.92 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
167.92 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:59 ]
Arxiv ichida: doc