Davlat hokimiyati va uni amalga oshirish

Davlat hokimiyati va uni amalga oshirish

O'quvchilarga / Huquq
Davlat hokimiyati va uni amalga oshirish - rasmi

Material tavsifi

Davlat hokimiyati va uni amalga oshirish Reja: 1.Davlat hokimiyatining mohiyati va asoslari. 2.Davlat hokimiyatining tuzilishi va uni amalga oshirish usullari. 1.Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari. Davlat hokimyati-bu zo'rlikka asoslangan siyosiy hokimiyat bo'lib u jamiyatda turli millat va guruhlar o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarga rahbarlik qilishni amalga oshiradi. Davlat hokimyati bu ijtimoiy hodisa bo'lib, u davlat hududida kishilar o'rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, uning vazifalarini amalga oshirib, davlatni ichki va tashqi hujumlardan himoya qiladi. Davlat vazifalarini amalga oshirishda halqning irodasini huquq va huquqiy normallarda ifodalab, ularning bajarilishi barcha uchun umummajburiy bo'ladi. Bu normallar davlatning zo'rlik kuchi bilan amalga oshiriladi. Jamiyatda iqtisodiy, siyosiy va madaniy rahbarlik qilish jarayoni murakkab bo'lib davlat hokimyati davlat mehanizmi unga kiruvchi davlat apparati (davlat organlarining yigíndisi) va korxonalari orqali amalga oshiriladi. Davlat hokimiyati munosabatlarining tuzilishi quyidagilardan iborat: 1) Davlat hokimiyatining subyektlari (turli sinflar, millat, guruh, tabaqalar va fuqarolar). 2) Davlat hokimiyat munosabtlarining obyekti (halqning birlashmalari, davlat organlari, tashkilot, muassasa va korxonalar). 3) Davlat hokimiyat munosabatlarining mazmun-subyektlarini davlatni idora etish majburiy va ishontirish usullari. Davlat hokimyati siyosiy hokimyat bo'lib, quyidagi belgilarga ega. 1. Davlat hokimyati bu- zo'rlikka asoslangan bo'lib maxsus kishilar davlatni boshqarish bilan shug'ullanadi. Bu hokimiyat kishilar o'rtasida turli iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'rifiy ijtimoiy munosabatlarni amalaga oshiradi. 2. Davlat hokimiyati davlat mehanizmidan iborat bo'lib, bu murakkab tuzilishga ega. Chunki bu mehanizm barcha davlat organlari muassasalari va korxonalarni o'zida birlashtiradi. Bular bir-biri bilan o'zviy bog'lh bo'lib, hokimiyatni amalga oshirib, davlat zo'rlik kuchiga asoslanadi. 3.Davlat mexanizmiga kiruvchi tarkibiy qismlar -davlat organlari muassasalari va korxonalari ma'muriy va hududiy belgilarga qarab tuziladi. 4.Davlat mexanizmiga kiruvchi bu tarkibiy qismlar o'z a'zolarini - ya'ni fuqarolarning huquq va burchlarini amalga oshiradi va kafolatlaydi. Davlat hokimiyatining mohiyati va xususiyatlari uning siyosiy va sinfiy tabiatida ko'rinadi. Shuning uchun yuridik adabiyotda «davlat hokimiyati» va «siyosiy hokimiyat» iboralari bir xil ma'noni bildiradi. Davlat hokimiyati-bu siyosiy va sinfiy xarakterga egadir. Uning sinfiyligi qarama-qarshi sinflarga bo'lingan jamiyatlarga (quldorlik, feodal) xosdir. Davlat hokimiyati iqtisodiy va siyosiy jihatdan xukmron sinf qo'lida edi. Davlat hokimiyati - xukmron sinf quldorlar, feodallar manfaati uchun xizmat qiladi. Demokratik jamiyatda davlat hokimiyati xukmron sinf manfaatlarini ifodalamasdan, barcha sinf millat, elat, tabaqalarlar va xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi. Davlat hokimiyati mohiyatiga ko'ra demokratik (xalq hokimiyati) va gayri demokratik hokimiyatlarga bo'linadi. Demokratik hokimiyat-bu xalqning barcha millat, elat, tabaqalar va guruhlarning davlat vakolati organiga deputat saylab, ular barcha ishlarni sessiyada ko'rib, ishlar orqali ularning manfaatlarini ifodalaydi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi - mustaqil demokratik huquqiy davlatdir. Bu konstitutsiyaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.48 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.48 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga