Davlat hokimiyati vakillik organlari fanining tushunchasi, predmeti, tizimi va o'rganish uslublari

Davlat hokimiyati vakillik organlari fanining tushunchasi, predmeti, tizimi va o'rganish uslublari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat hokimiyati vakillik organlari fanining tushunchasi, predmeti, tizimi va o'rganish uslublari - rasmi

Material tavsifi

Davlat hokimiyati vakillik organlari fanining tushunchasi, predmeti, tizimi va o'rganish uslublari Reja 1-. O'zbekiston Respublikasidagi yuridik oliy o'quv yurtlarining o'quv dasturlari 2. Davlat hokimiyati vakillik organlari fanining tushunchasi va predmeti O'zbekiston Respublikasidagi yuridik oliy o'quv yurtlarining o'quv dasturlari asosida Davlat hokimiyati vakillik organlari fanini o'qitish mo'ljallangan. O'zbekiston mustaqillikka erishmasdan oldin mazkur fan «Sovet qurilishi» deb atalar edi. Sovetlar ishlovchi korporatsiyalar sifatida qonun qabul qilish, boshqarish va nazorat birligini ta'minlashi lozim edi. Bundan savol kelib chiqishi tabiiy: saylab qo'yiladigan vakillik organi qanday qilib ham qonun qabul qilishi, ham uni ijro etishi mumkin? Bu ikki yo'nalishdagi vakolatlarni amalga oshirish uchun mutaxassislar, professional apparat kerak. Qisqasi, qonun qabul qilish faoliyatini ijro hokimiyati bilan qo'shib olib borish mumkin emasligini bizga yaqin tariximiz isbotladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat rasman Oliy Sovetlarda mujassamlashgan bo'lsa ham, ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi organlarga o'z erkini o'tkazar va sovetlar tomonidan nazorat qilinishi haqida gap ham bo'lishi mumkin emas edi. Sovetlar nazoratidan chiqqan ijro hokimiyati keyinchalik ma'muriy - buyruqbozlik va markazlashgan byurokratik tizim deb atala boshlandi. Xullas, Sovetlar ishlovchi korporatsiyalar degan nazariyaning zamini bo'sh va u tajribada ham o'zini oqlamagan ekan, vakillik organlarining taqdiri nima bo'ladi, degan savol tug'iladi. Bu masala, ayniqsa, O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng dolzarb muammoga aylandi. Demokratiya rivojlangan fuqarolik jamiyatlarida hokimiyatning bo'linish tamoyiliga asoslangan huquqiy davlat qurishga o'tilgan. Hokimiyat nisbatan mustaqillik asosida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linadi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov asarlarida O'zbekiston Respublikasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsad qilib qo'yiladi. Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasida O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyat-ning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish prinsipiga asoslanadi, deb belgilandi. Respublikadagi vakillik organlarining tizimi ana shu uchta hokimiyatdan biriga qo'shildi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq vakillik organlarining eng yuqori bosqichi - Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Respublikada hokimiyatning bo'linish prinsipini izchil amalga oshira borib, davlat hokimiyati tizimida chuqur islohotlar qilindi. O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalardan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish bo'lsa, ikkinchi muhim vazifa Respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining yangi mustaqillik sharoitlariga mos keladigan tizimini yaratish edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning, yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang, degan ko'rsatmalariga amal qilib, vakillik organlarining viloyat, tuman va shahar bo'g'inlari saqlanib qolindi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga muvofiq viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlaridir. Respublikada milliy davlatchilik an'analarini tiklashni ko'zda tutib, hokimlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.92 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.92 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga