Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining asosiy prinsiplari Reja: 1-. Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining prinsiplari tushunchasi va ahamiyati. 2-. Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining asosiy prinsiplari tavsifi. 3. Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida fuqarolar va jamoat birlashmalarining ishtiroki prinsipi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublikada yagona vakillik organlarining tizimi mavjud. Bu tizimning eng yuqorisida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi turadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi mamlakatda konstitutsiyaga muvofiq qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Davlat hokimiyati vakillik organlari yagona tizimga birlashgan holda o'z faoliyatlarini ma'lum bir yo'nalish va mazmunda amalga oshirishlari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan qator asoslarga tayanadilar. Barcha bug'indagi davlat hokimiyati vakillik organlarini faoliyati va uni tashkil etishni o'ziga xosligi shundaki, ham oliy vakillik organlari, ham mahalliy vakillik organlari funksional jihatdan bir xil prinsiplarga tayanadi. Faqat oliy vakillik organlari faoliyatida ayrim o'ziga xos ko'rinishlar mavjud bo'lishi mumkin. Oliy va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tashkil etilishi va faoliyatidagi demokratik prinsiplar yordamida mamlakatimizning fuqarolari davlat boshqaruviga jalb qilinadi, jamiyatda ro'y beradigan muhim masalalarni hal etish va ularni hayotga tatbiq qilishda faol ishtirok etadilar. Davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyat prinsiplari deganda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarni tashkil etish hamda faoliyatining hal qiluvchi shakl va uslublarini belgilab beruvchi asosiy g'oyalar, qarashlar tushuniladi. Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining demokratik prinsiplari barcha bug'indagi vakillik organlarini tashkil etilishi va faoliyat yo'nalishini belgilab beradi. Bu prinsiplar, albatta, iqtisodiy munosabatlarni, jamiyat rivojlanishining siyosiy shart-sharoitlarini ham aks ettiradi. Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining prinsiplarini amalda tatbiq etish vakillik organlarini tashkil etilishi va faoliyati ta'sirining samaradorligiga, ularning ilmiy yetukligi va asoslantirilganligiga, jamiyatning rivojlanish darajasiga bog'liq. Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati prinsiplari mazmuniga ko'ra ahamiyatiga ko'ra asosiy (umumiy) va xususiy (maxsus) turlarga ajraladi. Barcha prinsiplar bir-birlari bilan o'zaro mustahkam bog'langan, bir-birini to'ldirib, boyitib boradi. Masalan, Respublika fuqarolarini vakillik organlari ishiga keng jalb qilish demokratizm prinsipini amalda nomoyon bo'lishi bilan birgalikda oshkoralikni ta'minlanilayotganligi, ya'ni oshkoralik prinsipiga aloqadorligini ham yaqqol ko'z oldimizga keltirishimiz mumkin. Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining prinsiplari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov risolalarida, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati to'g'risidagi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to'g'risidagi, Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risidagi qonunlarda ishlab chiqilgan va vakillik organlarining bevosita amaliy faoliyatida rivojlantirilgan. O'zbekiston mustaqilligi sharoitida xalq deputatlari Kengashlarini tashkil etish va faoliyatining demokratik prinsiplarini, omma tomonidan davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda to'plangan tajriba, O'zbekiston Respublikasi oldida turgan yangi vazifalarni o'zlarida ifodalab rivojlandi va yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Hozirgi jarayonda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.47 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.47 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:59 ]
Arxiv ichida: doc